SILINDR (yun. Kylindros — val, ğal-tak) — 1) matematikada — silindrik sirt va ikkita parallel tekislik b-n çegaralangan jism. Parallel tekisliklarning silindrik sirt b-n çegaralangan qismlari S.ning asoslari deb ataladi. Agar S.ning asoslari doiralardan iborat bölsa, bunday S. doiraviy S. deyiladi. S.ni çegaralovçi silindrik sirtning parallel tekisliklar orasidagi qismi silindrning yon sirti deyiladi. Agar silindrik sirt yasovçilari S. yasovçisiga perpendikulyar bölsa, u töğri S. deb ataladi. 2)texnikada — maşina va mexanizmlarning mexanik iş energiyasini suyuqlik yoki gazning bosim energiyasiga yoki, aksinça, aylantirib beradigan detali. Içki silindrik böşliğida porşen yoki plunjer harakatlanib, porşenning goh u tomonidagi, goh bu tomonidagi böşliq hajmini özgartirib turadi. Agar porşenning faqat bir tomonidagi böşliqsan foydalaniladigan bölsa, S.ning bir tomoni qopqoq b-n berkitiladi, agar ikkala tomonidagi böşliqdan foydalaniladigan bölsa, ikkita qopqoq va porşenni polzunga tutaştiruvçi ştok közda tutiladi. Gidravlik (suyuklikli) va pnevmatik (havoli) yuritmalarda (metall kesiş stanoklari, presslar, kötargiçlarda), şuningdek, ba'zi porşenli maşinalarda S. alohida detal tarzida qilinadi. Köp silindrli porşenli maşinalar (içki yonuv dvigatellari va b.)da köpinça S.lar umumiy blokka birlaştiriladi. Bunda S.lar bir qator (qatorli dvigatel), ma'lum burçak ostida (V-simon dvigatel) yoki röparama-röpara (oppozit dvigatel) joylaştiriladi. Aylanma harakatlanuvçi nasoslar va gidromotorlarda S. köpinça öqqa radial yoki parallel ravişda rotorta joylaştiriladi.
Avtomobillarning içki yoruv dvigatellari S.larida bevosita yonilği yonganda hosil böladigan gazlarning kengayiş bosimidan foydalaniladi. S. içida porşen ilgarilama-qaytma harakatlanib turadi. Krivoşip-şatunli mexanizm porşenning ilgarilamaqaytma harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga aylantirib beradi.
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 19-b. — ziyouz.com