KOKSIT (lot. soxa — son) — çanoqson böğimining yalliğlanişi. K.ga köpgina infeksion kasalliklar (angina, gripp, terlamalar, sil, brutsellyoz va b.), şuningdek, yiringli infeksiyalar sabab böladi. Organizmning zaiflaşuvi, bolalarning yuqumli kasalliklari (qizamiq, skarlatina, kökyötal) ham ba'zi hollarda K.ga olib kelişi mumkin. Sil koksiti va silga aloqasi yöq K. farq qilinadi.
Sil koksiti, odatda, 5—10 yaşar bolalarda uçraydi. Kasallik asta-sekin boşlanadi. Dastlab sil intoksikatsiyasi yuzaga çiqadi: bolaning iştahasi yöqoladi, böşaşadi, injiqlanadi, oza boşlaydi, t-rasi kötariladi, uzoq yurganda oqsaydi, tizzasi oğriydi, lekin böğim harakati çeklanmaydi. Bola keçasi uyqusida bezovtalanadi, oğriyotgan tomonini avaylab, soğ yonboşi b-n yotadi. Oqsoklaniş va oğriq borgan sari zörayadi. Çanoq-son böğimi sohasida oğriq kuçli böladi, bemor oyoğini bosa olmay qoladi. Oyoq ingiçka tortib, muskullari atrofiyalanadi, şakli özgaradi, kasallangan tomondagi çanoq yuqoriga kötarilib. oldinga egiladi; umurtqa poğonasi yon tomonga (skolioz) yoki oldiga egilişi (lordoz) mumkin. Böğim xaltaçasiga yiring töplanib, yoriladi. Böğim va suyak çiriydi. Natijada son suyagi böğimdan çiqadi, artroz rivojlanadi.
Töliq öqiş — yana 3 xatboşi
Gripp, angina, skarlatina va b. infeksion kasalliklar, sepsis, turli şikastlanişlar silga aloqasi yöq K.ga sabab bölişi mumkin. Bu barça yoşdagi kişilarda kuzatiladi. Kasallik muddati uning keçişiga, organizmning qarşilik kuçiga va bemorning yoşiga boğliq. Öz vaqtida töğri davo qilinsa, kasallik uzoq çözilmaydi, asoratlarning oldi olinadi, eng muhimi böğim harakati saqlab qolinadi.
D a v o s i. Organizmning quvvatga kiritadigan dorilar buyuriladi, silga qarşi davo qilinadi, kasallangan
böğimning qimirlamay töğri turişiga qaratilgan çoralar (gips boğlov) köriladi. Zarur bölsa, jarrohlik usuli qöllanildadi. Maxsus kurortlarda davolaniş tavsiya etiladi.
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 479–480-b. — ziyouz.com