VRAÇ (rus.) — oliy ma'lumotli tibbiyot xodimi; oğzaki nutqda «doktor» (lot.) V. ma'nosini anglatadi (mahalliy talaffuzda «döxtir» deyiladi). V. faoliyati bemorlarni davolaş va kasalliklarning oldini oliş çoralarini körişdan iborat. V. şifokor burçi haqidagi tuşunçani ham öz içiga oladigan vraçlik etikasi (q. Tibbiyot deontologiyasi)t& amal qiladi. Birinçi şoşilinç tibbiy yordam beriş — V. burçlaridan biridir. V.lar bir neçta mutaxassisliklarga ajratiladi: bakalavr, umumamaliyot şifokori, magistr, soğliqni saqlaş taşkilotçilari, terapevtlar (içki kasalliklar böyiça), pediatrlar (bolalar kasalliklari böyiça), neonatologlar (yangi tuğilgan çaqaloqlarga qaraydigan), jarroxlar, sanitariya V.lari, akuşer-ginekologlar (ayollar kasalliklari böyiça), nevropatologlar (nerv kasalliklari böyiça), psixiatrlar (ruhiy kasalliklar böyiça), dermatovenerologlar (teri va tanosil kasalliklari böyiça), stomatologlar (tiş va oğiz böşliği kasalliklari böyiça), otorinolaringologlar (quloq, tomoq va burun kasalliklari böyiça), ortopedtravmatologlar (tuğma va orttirilgan şikastliklar böyiça), onkologlar (ösma kasalliklari böyiça), gematologlar (qon kasalliklari böyiça), transfuziologlar (qon xizmati böyiça), urologlar (siydik ajratiş tizimi kasalliklari böyiça), infeksionistlar (yuqumli kasalliklar böyiça) va h.k. V.ning asosiy vazifasi inson soğliğini saqlaşdir; bu Özbekiston vraçining qasamyodida bayon etilgan. Özbekistonda 1- va 2-Toşkent, Samarqand, Andijon, Buxoro tibbiyot in-tlari, Toşkent tibbiyot pediatriya in-ti hamda Urganç, Nukus, Farğona untlarining tibbiyot f-tlari V.lar yetkazib beradi. V.larni ixtisoslaştiriş va malakasini oşiriş maqsadida ular maxsus in-t (Toşkent vraçlar malakasini oşiriş instituti va b.) va çet ellarga yuborib turiladi. Amaliy faoliyati va mehnat stajiga köra oliy, birinçi va ikkinçi toifali V.lar böladi.
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 255-b. — ziyouz.com