IJTIHOD (arab. — ğayrat qiliş, in-tiliş) — şar'iy hukmni hosil qiliş uçun faqihning barça bilim va tokatini işga solişi. I. şar'iy hukmi kelmagan işning maxsus qoidalarni işga solib şar'iy hukmini aniqlaş uçun qilinadi. Muhammad (sav) tirikligida u kişidan boşqa odam I. kilmagan. Bu mumkin ham emas edi. I. 7-a. oxirida vujudga kelgan. Bu vaqtga kelib sahobalarning Muhammad (sav) faoliyatlari, aytgan sözlari ha-qidagi xabarlarida ixtilof paydo bölgan. Bundan taşkari, musulmon jamoasidagi hayot tarzining özgarib bo-rayotganligi tufayli köplab huquqiy xarakterdagi muammolar tuğilgan. Şuning uçun I.ning asosiy maqsadi yangi yoxud ötmişdoşlar tomonidan hal etilmagan masalalarni topiş va islomga tayanilgan va uni quvvatlagan holda hal etiş bölgan. Islomda eng yuqori tabaqaga mansub faqihlargina şunday huquqqa (I. huquqiga) ega bölgan va ular mujtahidlar deb atalgan.
I., asosan, fiqhga.yuid masalalarda bölgan. Aqida va falsafaga oid masalalarda I. qiliş mumkin bölmagan. Örta asrlarda, aniqroği, 12-a.da ba'zi hokimlarning faqixlarni majbur qilib notöğri hukm çiqarişga urinişlaridan, noahil odamlarning I.ga özlarini urişlaridan ehtiyot qilib ulamolar, I. eşigi berkilganini e'lon qilganlar. Bu masalada xilof qilganlar köpçilikning qarşiligiga duçor bölganlar. Şu b-n birga goh-gohida I.ni da'vo qilganlar ham çiqib turgan. Bunday şaxslarga Ibn Taymiya va Ibn Qayim misol böla oladi. Ammo I. eşigi berkitilganligi holati hozirgaça davom etib kelmoqda. Yaqin orada biror kişining I. qilganligi tan olingani yöq. Ammo I. qiliş zarurligi tobora ortib borayotgani haqidagi da'vatlar eşitilmoqda. Şu maqsadda yangi paydo bölayotgan masalalarda I. qiliş uçun Islom davlatlari uyuşmasi, Islom olami robita-si, ba'zi bir mintaqa va davlatlarda Islom fiqhi akademiyalari taşkil qilingan va qilinmoqda.
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 71–72-b. — ziyouz.com