INFORMATSIYA (lot. informatio — tu-şuntiriş, bayon qiliş) — 1) odamlar bir-biriga oğzaki, yozma yoki boşqa usulda (mas, şartli signallar, texnika vositalari va b. yordamida) beradigan axborot, şuningdek, axborot beriş va oliş jarayoni; 2) fan va texnikadagi tuşunça. Bu tuşunça faqat odamlar orasidagi axborotni emas, balki odam b-n avtomat, avtomat b-n avtomat (kibernetikada) örtasidagi axborotni, hayvonlarda va ösimliklar örtasidagi signallar almaşinuvini ham öz içiga oladi. 20- a. örtalaridan töqimadan töqimaga, orga-nizmdan organizmga irsiy va b. alomatlar ötişi ham I. uzatiş deb karala boşladi. Genetik I., biologik kibernetika tuşunçalari şu tariqa vujudga keldi. I. ning miqdor ölçovi taklif qilindi, natijada informatsiya nazariyasi paydo böldi.
I. tuşunçasiga atrofliça yondaşiş va aniq miqsor ölçovi paydo bölişi I. ni örganişga katta qiziqiş uyğotdi. 50-y. lardan boşlab, turli hodisa va jarayonlarni tavsiflaşda I. tuşunçasidan foydalanişga harakat qilinmoqda. Jumladan, I. ning asosiy xos-salarini ifodalaydigan matematik apparatni işlab çiqiş, mavjud matematik vositalar asosida I. ning turli xossalarini örganiş, uning metodlaridan lingvistika, biol., psixologiya, sotsiologiya, ped. va b. sohalarda foydalaniş ustida tadkiqotlar olib borilmoqda.
Töliq öqiş — yana 2 xatboşi
Ijtimoiy-siyosiy I. — içki va xalqaro hayotdagi dolzarb yangiliklar, jamiyat hayotidagi ommaga taalluqli faktlar, hodisalar, siyosiy, iqti-sodiy, ilmiy, madaniy jarayonlar va b. haqida ommaviy kommunikatsiyalar vo-sitasida tarqatiladigan xabarlar maj-mui. Jurnalistikada operativ I. publitsistika janrlari — xronika, xabar, reportaj, hisobot, intervyu, obzor orqali tarqatiladi.
Demokratik jamiyatda I. ga rostgöylik, hayotiy faktlarni aniq bayon etiş, ijtimoiy hayotdagi voqea va jarayonlarni xolis taxlil etiş va şarhlaş talabi qöyiladi.
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 237-b. — ziyouz.com