TAZKIRA (arab. — eslatmoq, zikr etmoq) — örta asr forsiy va turki y tillardagi adabiyotşunoslik janrlaridan biri. Keng ma'noda — tarix, tasavvuf, san'at sohasidagi voqea va şaxslar haqida esdalik ruhidagi asar, mas., «Tazkirat ulavliyo» (Farididdin Attor), «Tazkirai Muqimxoniy» (Muhammad Yusuf), «Tazkirai xattoton» (Rudakiy), «Tazkirai avliyoi turkiy» (Ruşdiy) va b. Tor ma'noda — şoirlar hayoti va ijodi haqida ma'lumot, asarlaridan namunalar keltirib tuzilgan töplam. T.da bir neça asrda yaşagan yoki muayyan davr şoirlarining hayoti va ijodi haqida turli tarzda ma'lumot beriladi. Şoirlarni qamrab oliş jihatidan tarixiyzamonaviy va zamonaviy T.ga bölinadi. Tarixiyzamonaviy T.da bir neça asr davomida yaşab ijod etgan şoirlar haqida («Lubob ulalbob» — Avfiy, «Tazkirat uşşuaro» — Davlatşoh Samarqandiy va b.), zamonaviy T.da esa tuzuvçining zamondoşlari haqida («Majolis unnafois», «Tazkirat uşşuaro» — Mutribiy va b.) bahs yuritiladi. Asarda şoirlar har xil uslubda — «abjad» tizimida, sulola va arab alifbosi asosida, geografik uslubda, T. tuzuvçi tomonidan şaxsan körganlik, ijodiy mulokrtda bölganbölmaganlik asosida joylaştiriladi. Şoirlar haqidagi ma'lumotlar alohida kiçik maqola — fiqradan iborat böladi. Unda şoirning ismi, taxallusi, qayerdanligi, ijodi, şe'rlaridan namunalar, tabiatidagi öziga xos xususiyati, qay darajada şuhrat topganligi va b. şe'riy yoki nasriy tarzda bayon etiladi. Ba'zan 2 tilda ma'lumot beriş hollari ham uçraydi («Majmuai şoiron»). Tlartuzuvçisining adabiyestetik uslublari qaysi adabiy yönalişiga mansubligi jihatidan farklanadi. Şarq adabiyotşunosligida bizgaça yetib kelgan dastlabki T.ni Abu Mansur as-Saoyaibiy, özbek adabiyotida Alişer Navoiy yaratganlar. Adabiyot tarixini örganişda T.larning ahamiyati katta.
Habib Abdunazar.
Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 41–42-b. — ziyouz.com