FAZA (yun. phasis — paydo böliş) — 1) biror jarayon (ijtimoiy, geologik va b.)ning taraqqiyot yölidagi davr; 2) fizikaning tebranişlar nazariyasi — muayyan vaqtning har bir momentida tebraniş jarayoni holatini ifodalaydigan kattalik. Davr uluşlarida, burçak yoki yey birliklarida ölçanadi. Garmonik tebraniş qarakatining tenglamasi jc=Asin (wt+ f) da cot+f tebranişning töliq (özgaruvçan), f — boşlanğiç vaqt nolga teng bölgandagi (özgarmas) F.sidir; 3) termodinamikada — tizimning boşqa qismlari b-n aniq çegara orqali ajralib turgan, bir jinsli va xossalari bir-biridan farq qiladigan hamda mexanik usul orqali ajratib olinişi mumkin bölgan har bir qismi. Suvmuzsuv buği (gaz) bir komponentli tizim bölib, u uçta F.dan taşkil topgan. Agar berk idişdagi suvga ma'lum mikdorda simob, muz va temir parçalari solinsa, vaqt ötişi b-n muvozanat xrlati yuzaga keladi va 2 qattiq faza — muz va temir hamda 2 suyuk, faza — suv va simob va, nihoyat, bitta gazdan iborat 5 fazali tizim hosil böladi. Har qanday tizim bir qança qattiq F.dan, bir qança suyuq F.dan va bittadan oşmaydigan gazsimon F.dan taşkil topgan bölişi mumkin. Modda har bir F.da termodinamik muvozanat holatida böladi. Bu holat fizik xossalari böyiça moddaning boşqa muvozanat holat (boşqa faza) laridan farq kidali. Modda bir F.dan boşqa F.ga ötganda uning xossalari sifat jihatidan özgaradi (q. Fazaviy ötiş). Yuqori t-ra va bosimda modda plazma holatiga ötadi. Turli kristall F.lari bir-biridan elektr ötkazuvçanligi, elektr va magnit momentlari, öta ötkazuvçanligi, kristall tuzilişi va b. bilan farq qiladi. Turli suyuklik F.lari ham bir-biridan konsentratsiyasi, öta oquvçanligi, elektr xossalari va b. b-n farqlanadi; 4) elektrotexnika da — köp F.li, xususan, 3 F.li liniyadagi ötkazgiçlardan biri.
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 8-b. — ziyouz.com