PARKET (frans. parquet) — turar joy va jamoat binolari pollariga qoplaş uçun möljallangan yupqa taxtaça yoki şunday taxtaçalardan qilingan pol. Taxtaçalar har xil geometrik şakllarda teriladi (qoqiladi). P. pol kurkam çiqadi, tovuş va issiklikni unça ötkazmaydi. Qattiq jinsli yoğoç (zarang, eman, qayin, yonğoq, qora qayin va b.) dan tayyorlanadi. Yigma, şitli va listli xillari bor. Yiğma P. uzunligi 150— 500 mm, eni 35 —90 mm va qalinligi 12—20 mm li töğri törtburçak planka taxtaçalardan ibo-rat. Har bir taxtaça çetlariga ariqçalar qilinadi. Taxtaça qoplaşda oldin polga siyrakroq qilib taxtalar qoqilib, ustiga karton yoki qoğoz töşaladi. Taxtaçani şu töşama ustiga qöyib, yonidagi ariqçasiga qiyalatib mix qoqiladi, ariqçaga tirnoq (en-siz yupqa taxtaça) tiqiladi, tirnoqning ariqçadan çiqib qolgan qismini navbatdagi taxtaça ariqçasiga ki-ritib, şu taxtaçaning narigi çetidagi ariqçasiga mix qoqiladi. Taxtaçalar birin-ketin şu tarzda mahkamlab ke-tilaveradi. Taxtaçalarni har xil naqş hosil böladigan qilib krqiş mumkin. Şitli P. 5x1,5 m gaça ölçamli şit tarzida tayyorlanadi. Şitlar siyrak qoqilgan taxtalar ustiga mix b-n mah-kamlanadi, şitlar orasida hosil bölgan tirqişga yupqa taxtaçalar ti-qib yopiştiriladi. L istl i P. qattiq yoğoç-tolali plitalar ustiga yupqa (4— 6 mm li) taxtaçalar yopiştirib tayyorlanadi. Agar P.-pol beton ustiga qoplanadigan bölsa, pol ustiga oldin rey-kalar qöyib, ularning ustiga siyrak qilib taxtalar qoqiladi. P. -taxtaçalar ana şu taxtalar ustiga qoplanadi. P.ni randalaydigan, pardozlaydigan maxsus maşinalar bor. Pardozlangan P. polga lok surkaladi. P.ni yuvib bölmaydi, nam qipiq, nam latta b-n artiladi, odatda, har oyda bir marta maxsus. P. mastikasi b-n (movut latta yoki çutka yordamida) pardozlab turiladi.
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 86–87-b. — ziyouz.com