PULEMYOT (rus. pulya — öq va metat — otiş) — duşmanning yer, havo va suvdagi nişonlarini şikastlaş uçun işlatiladigan tezotar avtomatik qurol. Tuzilişi va vazifasiga köra: stanokli, köl, tank, zenit, aviatsiya va rota P.lari, stvolining diametri böyiça asosiy kalibrli (6,5 — 8,0 mm) va yirik kalibrli (12,7—15 mm) xillarga bölinadi. Stanokli P. 2000— 2800 m gaça masofadan yerdagi nişonlarni va 500 m gaça masofadan havodagi nişonlarni şikastlaydi. Stanokli P. minutiga 250 — 700 öq uzadi, oğirligi 40—41 kg. Bu P.dan otişda ikki kişi iştirok etadi. Zenit P.i havodagi nişonlarni (500 m gaça masofada) otiş uçun möljallangan. Bu P. yirik kalibrli bölib, tank, bronetransportyor, kema va b. ga örnatiladi. Nişonni 1830—3500 m dan şikastlaydi. Tank P.i tankka örnatila-di: duşmanga tank töpi b-n birgalikda yoki alohida talafot yetkaziş uçun möljallangan. Aviatsiya P.i, odatda, samolyot va vertolyotlarga örnatila-di; duşman samolyotini, paraşyutçilarini hamda yerdagi nişonlarni otiş uçun qöllaniladi. Qöl P. duşmanning jonli kuçlari va öt oçiş vosi-talarini şikastlaş uçun möljallangan; 1500—1830 m gaça masofadagi nişonni aniquradi. Qöl P.idan past uçuvçi samolyotlarga qarşi otişda xam foydalaniş mumkin. Qöl P.ining jangovar öq uziş tezligi minutiga 150—600 öq, oğirligi 10 — 16,25 kg. Uni bir kişi işlata oladi. Rota P.i 1000 m gaça masofadagi oçiq gruppa-viy va yolğiz nişonlarni şikastlaş uçun qöllaniladi. Jangovar otiş tezligi minutiga 250 öq. P.lar magazinli va lentali turlarga bölinadi. P. b-n piyoda askarlar, tank, aviatsiya va b. harbiy bölinmalar qurollantiriladi. Birinçi P.ni amerika ixtiroçisi X. S. Maksim 1883 y. ixtiro qilgan. Hozir köp mamlakatlarning qöşinlarida rus ixtiroçilari V. A. Degtarev va M. T. Kalaşnikov P.laridan foydalaniladi.
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 441-b. — ziyouz.com