TEKTITLAR (yun. tektos — erigan) — turli şakl va kiçik ölçamdagi, usti notekis öydimçizikli yaşil, sariq yoki kora rangdagi, butunligiça, erigan xarakterli skulptura körinişiga ega bölgan silikatli şişa jismlar. T.da SiO2—88,5% gaça, A12O320,5%, ĞeO11,5%, SaO8,5%. Muhim elementlardan Ni bölib, boşqa şişalarga nisbatan tarkibida suv kam böladi. T. magnitlaniş xossasiga ega emas. Bu T.ning juda yuqori tra va uzok, vaqt qizişidan hosil bölganligini bildiradi. «T.» termini avstraliyalik geolog E.Zyuss tomonidan kiritilgan (1900), uni erigan meteorit deb hisoblagan. Ötmişda T.ga taalluqli köpgina afsonalar töqilgan; ular mö'jizali atributlar, tumorlar bölib xizmat qilgan va tabobatda ham foydalanilgan. T. Antarktidadan taşqari hamma qit'alarda topilgan. T.ning xillari topilgan geografik joyiga qarab nomlangan: irgizitlar va jamanşinitlar (Irgiz daryosi va Jan. Uraldagi Jamanşinit yerlari), moldivit (Jan. Çexiya, Jan. Germaniya), filippinitlar (Filippin o.lari), indoşinitlar (Hindixitoy), avstralitlar (Avstraliya va Tasmaniya) va b. Eng yirik T. (ogirligi 3,2 kg) Laosda topilgan. Örtaça ziçligi 2,4 g/sm3. T. paleogenantropogenli yotqiziqlarda yoki Yer yuzasining vulkanlar kelib çiqişi istisno bölgan oblastlarida uçraydi. T. tabiiy tarkalgan joyidan taşqarida faqat madaniy qatlamlarda (mas., diniy buyum sifatida) uçraydi. Hoz.ga qadar T.ning kelib çiqişi haqidagi umum qabul qilingan gipotezalar ma'lum emas. Ba'zilarning fikriça, T. meteorit; boşkalar esa ularni meteorit, asteroid yoki kometalarning yerga tuşişi natijasida hosil bölgan deb taxmin qilişadi. Öta xarakterli skulpturaga ega. Vulkanli şişalardan farkli ölaroq, T.da kristallitlar deyarli yöq va gaz pufakçalari nisbatan kam böladi.
Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 219–220-b. — ziyouz.com