MAVZU (arab. — joylaştirilgan, qöyilgan), tema — 1) muhokama, ma'ruza, suhbat, dars, ilmiy asar va b. ning asosiy mazmuni; 2) adabiyot va san'atda — ijodkor tomonidan tanlanib, uning ğoyasini aks ettiradigan badiiy tasvir obyekti, hayotiy material doirasi. Badiiy adabiyotda (roman, qissa, doston, drama, şe'r va b.), tasviriy san'at, me'morlik (rasm, haykal, gravyura, naqş va b.), yirik musiqa asarlari (opera, musiqali drama, simfoniya va b.)da ijtimoiy masalalar, tarixiy voqealar, kişilarning muayyan intilişlari, orzulari va h. k. M. bölişi mumkin. M. ğoya b-n uzviy boğliq. Asarning janri, syujeti va uslubi M. va ğoyaga qarab tanlanadi. M. tanlaşda, ayniqsa, uning talqinida muallifning ğoyaviy mavqei katta rol öynaydi. Asarning konkret mazmunida boş M. yana mayda M.larga bölinadi va bularning har biri ğoyaviy mazmunning biror tomonini ifodalaydi. Bir M. bir neça muallif tomonidan turliça yoritilişi, talqin etilişi ham mumkin. Bunda har bir muallif öz oldiga qöygan ğoyaviyijodiy vazifalar öziga xos uslub va mazmunni belgilaydi; 3) biror musiqa asari yoki uning tarkibiy qismlari asosiy badiiy ğoyasini ifodalovçi va keyingi rivojiga xizmat qiluvçi tugal musiqa tuzilmasi. Polifoniya asarlari (mas, kanon, fuga)da M. bir ovozli kuy bölib, turli ovozlarda navbatma-navbat bayon etiladi. Gomofoniya asarlarining M.lari birmunça rivoj topgan (odatda, 8—16 taktli) tuzilmalardan iborat böladi. Bunda kuy yetakçi ovozda namoyon bölib, jör böluvçi ovozlar esa uning mazmunini teranlaştiradi. Oğzaki an'anadagi musiqa, şuningdek, 20-a. avangardizm yönalişi (aleatorika, sonoristika va b. uslub) dagi kompozitorlik ijodida ohang M.lari b-n birga musika jarayonining faqat ritmik (mas, usul) yoki tembr jihatlariga asoslangan M.lar ham joriy etilgan. Bulardan taşqari, musiqa ijodiyoti (musiqali drama, opera, balet va b.) da muayyan ğoya va mazmunga ega bölib, asarning boşidan oxirigaça özgarmay (leytmotiv, leyttema) yoki qisman özgarib keluvçi M. va, aksinça, tuzilmasi çegaralanmagan M. misollari mavjud. Yirik şakl (mas, sonata, simfoniya)lar bir neça M.larni öz içiga oladi. Ular har xil obrazlarni ifodalaş va taqqoslab rivojlantiriş uçun xizmat qiladi. Turli obrazlarni ifodalovçi M.lar boş M.ning tubdan özgartiriş yöli orqali vujudga kelişi (monotematizm) ham kuzatiladi.
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 3-b. — ziyouz.com