MAXSAR (Carthamnus) — murakkab-guldoşlarga mansub bir, ikki va köp yillik ötsimon ösimliklar turkumi, moyli ekin. Aksariyati Örta dengiz atroflari, Ğarbiy va Örta Osiyoda ösadigan 19 turi ma'lum. Dehqonçilikda C.tinctorius (böyokli M.) turi ekiladi. Vatani — Efiopiya va Afgoniston. Örta Osiyoda qadimdan, Misr, Hindi-ston, Xitoyda mil. av., Yevropada 18-a.dan yetiştiriladi. Yovvoyi hoddaösişi kuzatilmagan. Hindiston, Turkiya, Eron, Xitoy, Yevropa mamlakatlari, AQŞ va b. mamlakatlarda, şuningdek, Örta Osiyoda faqat Özbekistonda — Jizzax, Toşkent, Sirdaryo viloyatlarida (lalmi yerlarida) ekiladi. Bir yillik issiqsevar, qurğoqçilikka juda çidamli ekin. Böyi 60— 120 sm, poyasi silliq, barglari naştarsimon, tikanli va tikansiz. Töpguli savatça, sariq, jigarrang. Mevasi pista, urugi oqiş. 1000 dona urugi vazni 25—50 g. Asosan çetdan çanglanadi. Ösuv davri 95—135 kun. Tuproqtanlamaydi. Urugi 1—2° da una boşlaydi, maysalari —6, —7° sovuqqa bardoş beradi. Urugi tarkibida 47—61% gaça oziq-ovqatga işlatiladigan moy bor. Moyi yuqori si-fatli margarin, texnikada oqsariq böyoq va emallar tayyorlaşda ham işlatiladi (1950 y.larga qadar M. gullaridan tabiiy böyoq oliş uçun ekilgan). Kunjarasi çorva mollari uçun yaxşi ozuqa. M. almaşlab ekişda kuzgi buğdoy va makkajöxoridan keyin ekiladi. Yer kuzda 25—30 sm çuqurlikda haydaladi. Uruği keç kuzda yoki erta bahorda qatorlab (qator orasi 30—45 sm) ekiladi. 1 ga maydonga 6—10 kg uruğ sarflanadi. Ösuv davrida ötoq qilinadi, kultivatsiyalanadi (1—2 marta). 2 marta mineral öğitlar b-n oziqlantiriladi. Uruği töla yetilganda don kombaynida örib-yiğib olinadi. Hosildorligi 8—14 s/ga va undan ortiq. Özbekistonda 1950 y.dan Milyutinskiy 114 navi ekiladi.
Zararkunandalari: maxsar ka-palagi, maxsar filçasi; kasalliklari fuzarioz, zang kasalligi.
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 312–313-b. — ziyouz.com