Mifologik tasavvurlar tizimi ibtidoiy udum va marosimlarning mağzini taşkil etuvçi ramziy xattiharakatlardan iborat ritual öyinlar sifatida xam namoyiş qilingan. Qad. tasavvurlar asosida yaratilgan osori atiqalar hamda xalq hunarmandçiligi buyumlaridagi ramziy çizgilarda ham mifik syujetlar aks ettirilgan.
M.lar quyidagi turlarga bölinadi: 1) ibtido haqidagi M.lar (olamning yaratilişi va yerda hayotning paydo bölişi töğrisidagi M.lar); 2) samoviy M.lar (osmon jismlari va tabiat hodisalarining paydo bölişi haqidagi M.lar); 3) antropogenik M.lar (ğayrioddiy xislatga ega bölgan afsonaviy pahlavonlar, mas, Gerakl, Gilgameş, Odami Od, Hubbi va b. haqidagi M.lar); 4) siğiniş M.lari (muayyan e'tiqodiy işonçlar b-n boğliq, mas, xreildorlik, suv, ösimlik, olovga siğiniş haqidagi M.lar); 5) etnogenetik M.lar (uruğqabilalarning kelib çiqişi b-n aloqador M.lar; mas, 92 özbek uruğlarining paydo bölişi haqidagi M.); 6) kalendar M.lar (yil, oy, kun hisobi b-n boğliq M.lar, mas, ayamajuz, ahmandahman, çilla, töqson hisobi b-n boğliq M.lar); 7) esxatologik M.lar (olamning in-tihosi haqidagi, mas, oxirzamon töğrisidagi M.).
Ezgulik kuçlarining zulmatni öziga makon qilgan yovuzlikka qarşi kuraşini özida aks ettirgan qad. M.lar badiiy tafakkurning şakllanişida muhim rol öynagan. Voqelikni estetik kategoriya sifatida idrok etiş hamda badiiy söz vositasida talqin qiliş an'anasi kelib çiqqaç, qadimgi M. larning asosiy qismi söz san'-atining turli janrlariga singib ketgan. Özbek xalq oğzaki badiiy ijodiyotidagi köplab epik syujet va an'anaviy motivlarning genetik ildizlari bevosita mifik tasavvurlar qatlamiga borib taqaladi. M.lar «Avesto», «Iliada», «Ramayana», «Şoh-noma», «Kalevala», «Alpomiş», «Göröğli» kabi adabiy yodgorliklarning yaratilişida ham salmokdi örin tutgan.
Ad.: Meletinskiy Ye. M., Poetika mifa, M., 1976; Stebl i n - Kamenski y M. I., Mif, L., 1976; Mifi narodov mira. V dvux tomax, M., 1991; Jörayev M., Şomusarov Ş., Özbek mifologiyasi va arab folklori, T., 2001.
Mamatqul Jörayev.