MUQARNAS (arab.) — me'moriy bezak turi; ravokli kosa (uya)çalarning ustma-ust joylaşişidan xrsil böladigan murakkab şakl. Me'morlikda asosi 4,6,8 burçak bölgan mexrob, taxmon, tokça va b.ning tepa qismini gumbaz, yarim gumbaz körinişiga keltirişda, binolar devori b-n şifti oraliği, ustunlar boşasç va b.ni bezatişda keng qöllaniladi. Dastlab sodda şaklga ega bölgan, keyinroq murakkab körinişga kirgan hamda bezak maqsadlarida işlatila boşlangan. M. işlanadigan joyiga qarab har xil murakkablikda böladi. Egri sirtga ega bölgan ravoqçalarning uçlari oldinga çiqarilib, yuqori qator uçun tayanç xrsil qilinadi. Tarvda bu ravoqçalar köpinça teng tomonli uçburçakni beradi, 2 va undan ortiq ravoqçalar turli burçaklar ostida özaro birikib kosaçalar hosil qiladi. M.ning pastdan körinişi va çizmasi girihga öxşaganligidan uni hajmi girih (girihning çözilgani) deb ham ataladi. Girih qatiy qonunga asoslanganligi uçun taqsim asosini taşkil etgan yulduzlar va b. handasiy şakllarni naqqoş öz ixtiyori b-n özgartira olmaydi; mujassamotni teng bölaklarga bölib, şundan bir bölagiga takrorla-nuvçi nusxa (taqsim) çizadi. Keng ma'-noda M. şakli jihatidan bir neça körinişga ega: şarafa, M. (tor ma'nodagi), kalla M. va iroqi M. Şarafa ravokli kosaçalar qatorlari gorizontal yönaliş böyiça takrorlanişidan hosil böladi. Tor ma'nodagi M.ning özi ikki körinişga ega: ravokli kosaçalar qatorlari vertikal öq atrofida içkariga qaratib 180° (peştoq, tokça va b. da) va 360° (gumbazda) aylantirilişi natijasida hosil qilinadi. Şarafalar qatorlari b-n gumbaz va yarim gumbaz qatorlari örtasida farq bor, ya'ni şarafada kosaçalar qatori özgarmaydi, gumbaz va yarim gumbaz qatorlarida kosaçalar ölçamlari özgarmagan holda kosaçalar soni pastdan yuqoriga tomon kamayib boradi. Kosaçalar qatorlari taşqi tomonga qaratib vertikal öq atrofida 360° aylantirilişi natijasida kalla M. (boşa) hosil qilinadi. M.ning eng murakkab turi — iroqi M.; M.ning boşqa turlarida ravokli kosaçalar tomonlari vertikal (tik) tarzda şakllansa, iroqi M.da qiya bölgan holda şakllanadi. Iroqi M. nisbatan keyinroq 16—17-a.larda tarqalgan.
Özbekiston hududida M. ilk bor Tim qişloğidagi Arab ota maqbarasi (997 y.)da qöllanilgan. Ğiyosiddin Koşiy «Muftahul qisob» asari (15-a.) da M.ni aniq va ravşan ta'riflagan; uning söziça, M. «uya(kosaça)lar poğona (qator) laridan taşkil topgan yopmadir..., u adla' (ya'ni qirra)lardan hosil böladi...». Bu b-n Koşiy M.ning ikki asosiy alomati — qirra (ravoqça)lar va poğona (qator)larini körsatib bergan. M. temuriylar davri me'morligida keng qöllanilgan. Buxorodagi Mir Arab, Abdulazizxon, Samarqanddagi Uluğbek madrasalarida, Amir Temur maqbarasi, Şohizinda ansambli va b.da M.ning ajoyib namunalari yaratilgan.
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 896–897-b. — ziyouz.com