NATURALIZM (frans. naturalizme, lot. naturalis — tabiiy) — 19-a.ning oxirgi çoragida Yevropa va AQŞ adabiyoti va san'atida yuzaga kelgan oqim va ijodiy metod; real borliqni obyektiv, aniq va hissiz aks ettirişga intilgan. N. tabiiy fanlarda erişilgan muhim muvaffaqiyatlar ta'sirida yuzaga kelgan. Asosiy tasvir obyekti — inson, uning tabiiy va fiziologik hayot tarzi; tabiat va atrof muhitni uning maişiy va moddiy muhiti deb bilgan. Bu esa, öz navbatida, badiiy imkoniyatlari çeklangan badiiy mada-niyat taraqqiyotini ta'minladi: Fransiyada E.Mane, E. Dega, A.Tuluzlotrek; Belgiyada K. Menye, P.Polyus; Germaniyada M. Liberman, X. Bartels, K. Kolvits; Italiyada verizm vakili V.Vela va b. Tasviriy san'atda N. borliqni ğoyaviy mazmunsiz, badiiy umumlaşma va tanlaşlardan holi, taşki ji-hatdan aynan hayotiy aks ettiradi. Lönda, yuzaki tasvirlaş, ikkinçi darajali ba-tafeillik, oddiy köçiriş 1820—30 y.lardayoq namoyon böddi (ayniqsa, fransuz rassomlari P.Deloroş, O. Berne va b.), akademik tasvirlaş b-n osongina qöşilib salon san'atining köplab turlarini yuzaga keltirdi. 19-a. örtalaridan N. tarixiy, diniy va majoziy janrlardagi an'anaviy kötarinkilik tu-şunçalari qasddan «pasaytirib» maişiy dalillarda izoqlangan jöngina hayotga keltirilişi öziga xos voqea böldi.
Adabiyotda N. inson xarakterini ilmiy (eksperimental) örganişni maqsad qilib qöydi. Adabiy-badiiy asarga «insoniy hujjat» deb qaraldi. N. dastlab Fransiyada paydo böldi. Fransuz adibi Emil Zolya özining «Eksperimental roman» (1880), «Naturalist romançilar», «Teatrda naturalizm», «Dramaturglarimiz» (1881) asarlarida N.ni ijodiy metod sifatida asoslab berdi, E. Zolya atrofida naturalistok maktab vujudga keldi (G. Mopassan, P. Aleksis, A. Dode va b.). J. Şanflyori, L.E.Dyurançi, G.Flober, aka-uka E. va J. Gonkurlar, P. Amp (Fransiya), A.Xold (Germaniya) va b. ham N. nazariyasini rivojlantirişga katta hissa qöşdilar.
Töliq öqiş — yana 2 xatboşi
Naturalistlarning ayrim tasvir prinsiplariga, insonni axloqiy jihatdan yalanğoç holatda körsatişlariga, tasvir obyektini tanlaşga ehtiyoj yöqligi xususidagi qaraşlariga tanqidiy munosabatlar bildirilgan. Ayni çoğda, uşbu oqimning dunyo ada-biynazariy tafakkuri tarixidagi mavjud voqelik ekani tan olingan; mavzu doirasining kengligi, yangiça tasvir usullari, şaxs va olomon munosabatlarini örganganlari ijobiy hodisa sifatida baholangan.
Fransuz adabiy muhitida paydo bölgan N. ta'siri, ma'lum vaqt ötgaç, boşqa mamlakatlarda ham sezilgan. Jumladan, N.ning Germaniyada A. Xols, G. Gauptman, Angliyada J.Mur, JTissing, AQŞda S.Kreyn, F.Nor-ris, X.Garlend kabi namoyandalari bor edi. Garçand Rossiya adabiy muxitida «naturalizm» atamasi bevosita qöllan-magan bölsa ham, bu oqim ta'siri D.Ye. Maminsibiryak, P. D. Boborikin ijodida seziladi. N.ga xos ayrim unsurlar boşqa ijodiy metodlar asosida yozilgan turli badiiy asarlarda ham uçraşi mumkin.
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 104–105-b. — ziyouz.com