NOMOGENEZ (yun. nomos — qonun va ... genez) — tirik tabiatning tarixiy rivojlanişini içki programmalaştirilganligi töğrisidagi evolyutsion konsepsiya. 1922 y. rus fiziologi L. S. Berg tomonidan ilgari surilgan. N. maqsadga muvofiqlik (moslaniş)ning obyektivligi va nisbiyligini inkor etib, tiriklikning oldindan maqsadga muvofiqligini tan oladi. Olimning fikriça, maqsadga muvofiqlik protoplazma oqsillarining stereokimyoviy xususiyatlariga boğliq. Boşqaça qilib aytganda, evolyutsiya — oldindan körsatilgan belgilarning rivojlanişidan iborat. Ana şu asosda onto-va filogenez jarayonlari yagona qonu-niyat asosida amalga oşadi, ya'ni evolyutsiya N. bölib, qonuniyatlar evolyu-siyasidan iborat, degan xulosa çiqa-rilgan. Bundan taşqari, Berg irsiyat geografik muhit ta'sirida bir vaqtning özida juda köp individlarda namoyon böladigan muayyan qonuniyat asosida borişi va yönaltirilganligi töğrisidagi tuşunçani ilgari su-radi. Berg körsatişiça, tur hosil bölişi keskin sakraş orqali borişi mumkin (q. Mutatsionizm). U konvergensiya va parallelizm tuşunçalaridan foydalanib, taksonlarning polifilik yöl b-n kelib çiqqanligini asoslaşga urindi. Organik dunyoning xilma-xilligini divergensiya nuktai nazardan tu-şuntiruvçi Darvin ta'limotiga kara-ma-qarşi ravişda Berg hayotning azaldan xilma-xilligini körsatadi. Ana şu tuşunçalar asosida Berg avtonom ortogenez, ya'ni taşqi muhitga boğliq bölmagan, morfofiziologik tuzilişni mukammallaştirişga qaratilgan, tiriklik uçun xos bölgan qandaydir kuç töğrisidagi ğoyani ilgari surdi. N. ta-rafdorlari darvin ta'limotini evolyu-siyada tasodiflarni absolyutlaştiriş (tixogenez) dan iborat ğoya sifatida tanqid qilişadi. N. ğoyalari boşdan oxirigaça darvinizmta qarşi qaratilgan, evolyutsiya sabablari va qrnuniyatlarini yangidan tuşuntirişga muvaf-faqiyatsiz urinişlardan biri hisoblanadi. Aslida N.da Berggaça ham ilgari surilgan ğoyalar aks etgan. Bergnint xizmati ana şu ğoyalarni umumlaşti-rib, sistemaga soliş b-n birga evolyutsion ta'limotda yeçilmagan muammolar-ga, xususan, evolyutsion jarayonning yönaltirilganligi masalasiga e'tiborni jalb qilinganligidan iborat. Hoz. zamon biol.da Bergning mazmunan tele-ologik ğoyasidan bir qança makroevo-lyutsion jarayonlarni antidarvinizm nuqtai nazaridan tuşuntirişda ba'zan foydalaniladi (yana q. Avtogenez, Ortogenez, Teleologiya, Preformizm).
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 283-b. — ziyouz.com