NURAŞ PÖSTI — toğ jinslarining nuraşi natijasida yer yuzasida hosil böladigan kontinental geologik formatsiya. Özgargan nuragan jinslar öz joyida qolsa, qoldiq N.p., tub jins b-n aloqasi uzilmay qandaydir masofagasiljisa köçirilgan N.p. deb ataladi. Ba'zi bir geologlar ak-ku mul yati v N.p. (yuvilib keltirilgan gil-tuproq va qoldiq N.p. özgargan nuragan jinslari) ni alohida ajrata-dilar. Yotiş şakliga köra, N.p. maydonli (katta hududlarda hosil böla-di, qalinligi 10 m gaça va undan or-tiq) va çiziqli böladi (bir yönalişda çözilib, toğ jinslari yoriklari böylab 100—150 m içkariga kirib boradi).
«N.p.» terminini fanga şveysariyalik geolog A. Geym kiritgan (1879). N.p.ning hosil bölişi joyning iklimi, toğ jinslarining tarkibi, gidrogeologik şaroiti, relyefi, tektonik tuzilişi, hosil böliş vaqti va b. omillar b-n boğliq. Bunda asosiy omil iklim hisoblanadi. Yerning geologik tarixida bir neça marta (tokembriy, yuqori paleozoy, trias-yura, bör-paleogen, paleogen-törtlamçi davr) katta qalinlikda N.p.ning şakllaniş davri bölgan. N.p.ning hosil bölişida dastlab işuriy, keyin nordon muhit yuzaga keladi. Har muhitda öziga xos minerallar hosil böladi. Natijada N.p.da pastdan yuqoriga qarab ayrim zonalar (dezintefatsiya, dresva, gidroslyudamontmorillonit va kaolinit minerallari zonasi) paydo böladi. N.p. zonalarining hosil bölişida jinslarning tarkibi katta rol öynaydi. Mac, yoğin-soçin köp şaroitda nordon jinslar nuraş natijasida kaolinit, gidroslyuda, dezintegratsiya zonalari, asosli va öta asosli jinslardan esa temir, marganets, ba'zan alyuminiyning suvli, yarim oksidli zonasi hosil böladi. N.p. b-n alyuminiy, temir, titan, marganets, stronsiy, nikel, galluazit, olovga çidamli gil, soçma olmos, oltin, platina, qimmat-baho toşlarning konlari boğliq. Özbe-kistonda Ohangaron vodiysi, Zirabuloq-Ziyovuddin toğlari yon bağirlari va Markaziy Qizilqumda 2 m dan 150 m gaça kaolin qatlamlari hosil bölgan.
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 335–336-b. — ziyouz.com