ÖÇOQ (lot.) — osmon gumbazining Janubiy yarim şaridagi eng yorqin yulduz (nomi şundan). Körinadigan (vizual) yulduz kattaligi 3,9. Özbekiston hududida kuzda yaxşi körinadi. ÖŞ — Qirğiziston Respublikasi Öş viloyatining şahar, viloyat markazi. Qirğizistonda Bişkek şahridan keyin 2sanoat markazi. Oqbura daryosi Olay tizmasidan Farğona vodiysiga oqib çiqadigan joyda. T.y. stansiyasi. Bişkek, Xoruğ, Andijon, Qizilqiya şahri lari örtasidagi avtomobil yöllari çorrahasi. Aholisi 208,5 ming kişi (1999). Örta Osiyoning qadimiy şaharlaridan biri. Arxeologik ma'lumotlarga köra, mil. av. 4—3-asrlarda vujudga kelgan. 9— 10-asrlarda Ö. Somoniylar davlati tarkibida bölib, kattaligi jihatidan Farğona vodiysida 3şahar hisoblangan. Bu davrda şahar şahriston, ark, rabotdan iborat bölgan. Hokim saroyi va devonxona ark içida joylaşgan. Ö. atrofi baland qal'a devori bilan öralib, uning çekkasi Sulaymon toğigaça yetgan. Şaharning 3 ta darvozasi bölgan: Köh, Ob, Muğkada. Jome masjidi bozor hududida joylaşgan. Ö orqali Movarounnahrdan Xitoy va Hindistonga savdo yöli ötgan. 10 — 12-asrlarda Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan. 13-asrda möğullar istilosi natijasida xarobaga aylangan va 14-asrga kelib Amir Temur tomonidan qayta tiklandi. Ö. töğrisida «Boburnoma» kitobida ham ma'lumotlar berilgan. 18-asr da Ö. Qöqon xonligi tarkibida böldi va ilgarigidek muhim savdo markazi bölib qoldi. 1876 yil xonlik barham topgaç, Rossiyaning Örta Osiyo mustamlakasi tarkibida bölib keldi.
Şaharda viloyat sanoat mahsulotining 1/3 qismi işlab çiqariladi. Yetakçi sanoat tarmoği — yengil sanoat. Örta Osiyoda eng yirik töqimaçilik ktlaridan biri, ipakçilik kti, paxta tozalaş z-di, tikuvçilik, poyabzal f-kasi bor. Oziq-ovqat sanoati tarmoqlari rivojlangan (non mahsulotlari, göştkonserva, sut, mevasabzavot, meva vinosi ktlari, araq z-di bor). Maşinasozlik va metallsozlik sanoati (nasos, avtomobil ta'mirlaş) korxonalari işlab turibdi. Quriliş materiallari kti, asfaltbeton, temirbeton buyumlari, ğişt zdlari, mebel f-kasi bor. Issiqlik elektr markazi faoliyat körsatadi. Aeroport, turistik baza işlab turibdi. Ö. da pedagogika inti, telemarkaz, özbek akademik drama teatri, tarixmadaniyat muzeyqöriqxonasi mavjud. Ö. — Bişkek, Ö. — Xoruğ avtomagistrallari qurilgan. Şahar hududida 30 ga yaqin tarix va madaniyat yodgorliklari joylaşgan. Me'moriy yodgorliklardan: Yusuf Boyxöja öğli masjidi (20-asr boşlari), Asaf ibn Burxiya maqbarasi (17 — 18 a.lar) va boşqalar saqlanib qolgan.
Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 217–218-b. — ziyouz.com