OHAKTOŞLAR — karbonatli çökin-di toğ jinslari. Tarkibi 50%dan ortiq kalsitdan yoki organizmlarning skeleti koldiklaridan, ba'zan aragonit minerali (SaSO3)dan iborat. Köpinça tarkibida autigen, diagene-tik va epigenetik minerallar, çakiq (terrigen va karbonat) zarralar aralaşmasi uçraydi. O.ning tarkibida 4— 17% gaça MgO bölsa, dolomitli O.; 6 — 21% SiO2+R2O, — mergelli O.; kvars, opal va xalsedon köşilsa — qumtoşli va kremniylaşgan O. deb yuritiladi. Strukturasi kristalli, organogen-çakikli, çaqikli-kristalli va sizib töplangan (travertin, ohakli tuf) turlari fark qilinadi. Rangi oqiş, sarğiş, bözrang. Köpin-ça ohaktoş içida çiğanoqlar ham böladi. Hosil bölişiga köra, organogen, xemogen yoki kimyoviy, çaqiq böladi. Tarkibidagi jins hosil kiluvçi organizmlarning köpligiga köra, organogen O., foraminiferali, marjonli, suvötli va b.; xemogen va çaqiqlari (zarralar) ning kattaligiga karab bir neça xilga bölinadi. Metamorfizm na-tijasida O. marmarta aylanadi. O. eng köp tarkalgan çökindi toğ jinslaridan biri, Yerning turli relf şakllarida iştirok etadi. O. barça yoşdagi (tokembriydan törtlamçi davrgaça) yot-qiziqlarda uçraydi. O.ning fizik-mexanik xossalari ularning strukturasi va tuzilişiga boğlik bölib, juda keng çegarada özgaradi, mas, hajmiy oğirligi 800 kg/m3 dan (çiğanoqtoşlar, travertin) 2800 kg/m3 gaça (kristalli strukturali O.). Çiğanoq-toşlar va ğovakli O. nisbatan oson kesiladi hamda yöniladi, kristalli O. esa, yaxşi silliklanadi. O. sanoatda, q.x. va qurilişda keng qöllaniladi. Qora metallurgiyada rudaning eri-şini oşiriş va şlak hosil qiliş uçun qöşiladigan modda (flyus) si-fatida; ohak va sement i.ç.da xom aşyo; soda, mineral öğitlar, şişa, qoğoz i.ç.da, neft mahsulotlarini tozalaş va b. jarayonlarda qöşimça modda sifatida işlatiladi. O. muhim quriliş materiallari guruhini taşkil qiladi, ulardan qoplovçi va bezak toşlar, haykaltaroşlik va me'morlikda işlatiladigan toşlar va h.k. tayyorlanadi. Özbekistonda köplab O. qazib olinadigan konlar, yirik i.ç. birlaş-ma korxonalari («Özsanoatqurilişmateriallari», «Özavtoyöl», Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya k-tlari va b.) tomonidan işlatilmokda.
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 340-b. — ziyouz.com