ONTOLOGIYA (yun. ontos — borliq va ... logiya) — falsafa bölimi, borliq haqidagi ta'limot. Borliqning umumiy asoslari, prinsiplari, uning şakllari va qonuniyatlarini tekşiradi. «O.» terminini nemis faylasufi R. Goklenius fanga 1613 y. kiritgan, X. Volf (1679— 1754) öz dareligida qöllagan bölsada, dastlab yunon faylasuflari uning turli talqinlarini bayon etganlar. Ular O.ni haqiqiy borliqni nohaqiqiy mavjudlikdan ajratib oluvçi borliq haqidagi ta'limot, deb hisoblaşgan. Eleya maktabi namoyandalari hissiy dunyoning aldamçi körinişini haqiqiy borliqqa qarama-qarşi qöyib, O.ni mangu özgarmas, yagona, sof borliq haqidagi ta'limot sifatida qöllaşgan. Milet maktabi vakillari va Ioniya faylasuflari dastlabki borliqning sifatiy talqini haqida boş qotirişgan. Ulardan borliqning boşlanişida yotuvçi bunday asosni Empedokl «stixiya», Demokrit «atomlar», Anaksimandr «apeyron», Anaksagor «uruğ» deb atagan. Platon ğoyalar O.sini, Aristotel empirizm O.sini yaratdi. Örta ayerlar falsafasida O. ilohiyot b-n çambarças boğlanadi. Şarq falsafasida O. köproq ilohiy borliqning, xudoning mohiyatini aks ettiruvçi ta'limot tarzida, şarq panteistik falsafasida vahdati mavjud va vahdati vujud körinişidagi ta'limotlar şaklida paydo bölgan. Falsafada O. monistik, dualistik va plyuralistik konsepsiyalar şaklida ham uçraydi (q. Materiya). Yangi davr falsafasida dualistik O. namoyandasi R. Dekart bölgan. Öz falsafasining asosiga «monada» — «ilohiy atomlar»ni qöygan V. G. Leybnits falsafasi — plyuralistik O.ga mansubdir. Bu konsepsiya böyiça olamning asosida bir qança mohiyat yotişi mumkin. Şunday konsepsiya empiriokrititsizmda ham uçraydi. R. Avenarius, E. Max borliqning asosida sezgilar majmui yotadi, deb hisoblaydi. Hoz. zamon falsafasida O.ning mazmuni yanada boyigan. Bu borliq haqidagi tasavvurlarning rivojlanişi b-n boğlangandir. Ma'lumki, borliqni mexanistik, metafizik va materialistik talqin etişda u moddiylik b-n, aktual mavjudlik b-n, reallik b-n aynanlaştirib qöyilgan edi. Borliqaslida barça narsa va hodisalarni, ilgari mavjud bölgan, hozir mavjud bölib turgan va kelajakda mavjud böladigan realliklarni, moddiylik va ma'naviylikni, modda va ğoyani ham öziga qamrab oladi.
Ad.: Falsafa. Ma'ruzalar matni, T., 2000.
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 184–185-b. — ziyouz.com