OPERETTA (ital. operetta — kiçik opera) — musiqaviy sahna asari. Dramaturgiyasi vokal va çolğu musiqa, raqs qamda dialoglarning estrada san'ati elementlari b-n uzviy boğlanişiga asoslangan. O.ning musiqiy jarayoni negizi naqarotli qöşiq va raqsdan iborat. Har bir tugal sahnaning kulminatsiyasini, odatda, muayyan ommabop raqs taşkil etadi (galop, kankan, vals, çardaş va b.) O.da opera vokal şakl (ariya, duet, ansambl, xor kabi)lari ham qöllaniladi, lekin ular birmunça soddaligi va ommabopligi b-n ajralib turadi. Boş ğoya bayoni va rivoji asosan musiqa orqali ifodalanişi tufayli O. turli xalqlar madanyyatiga xos musiqali sahnaviy janrlar (fransuzça vodevil, nemisça va avstriyça zingşpil va b.) alomatlarini ham mujassam etgan. Mustaqil janr sifatida O. 19-a. örtalarida Parijda yuzaga kelgan (J. Offenbaxning «Orfey dözaxda», 1858). Uning dastlabki namunalari, asosan, hajviy yönalişda bölgan. Keyinçalik, O.ga lirik ohanglar ham kiritildi. Fransuz kompozitorlaridan Ş. Lekok, E. Odran va R. Planketlar O. janrida ijod qilişgan. Offenbax ijodi ta'sirida 19- a. oxirlarida F. Zuppe, I. Ştraus (öğli) va K. Millyoker kabi kompozitorlar tomonidan Vena O.si yaratildi. A. Salliven va S. Jons 19-a. ingliz O.sining yirik namoyandalari edi. 20-a. boşlarida venger kompozitorlari F. Legar va, ayniqsa, I. Kalman O. rivojiga katta hissa qöşişdi. 1920- y.larda AQŞda O. ta'sirida myuzikl janri yuzaga keldi. Özbekistonda O. janrining rivoji 20-y.larda Rus opera va balet teatri, Samarkand operetta teatri (1938— 40), keyinçalik esa Toşkent operetta teatri (1971 y.dan) faoliyati b-n boğliq bölgan. Bu teatrlarda, asosan, O. ning mumtoz (I. Ştraus, I. Kalman, F. Legar), şuningdek, zamonaviy (A. Jurbin, K. Listov va b.) namunalari qöyildi. 1970 y.dan boşlab maz-kur san'atga Özbekiston kompozitorlari ham e'tibor qaratmoqda (E. Solihovning rus tilida sahnalaştirilgan «Xöja Nasriddin», «Oygul pari sovğalari», «Parol — «Şarq yulduzi», A. Ergaşevning «Mittivoy», P. Holiqovning «Krrbobo va Santa Klaus» kabi asarlari).
Ad.: YuldaşevaS, U istokov klassiçeskoy operetti, T., 1976.
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 190–191-b. — ziyouz.com