ORIYENTALIZM (lot. opepk -şarq) —Yevropa san'atida şakl topgan badiiy usul, ijodiy tamoyil; Şarq xalqlari madaniyatiga xos mavzu va obrazlarga murojaat etişi, şuningdek. Şarq san'ati ifodaviy vositalari, badiiy şakllarining qöllanişi bilan belgilanadi. kelib çiqişi Yunoniston (mil.av. 8— 7-a. lar), qad. Rim (mil. 1-a., «misrlaşgan 3-uslub», Pompeyadagi «Or-fey uyi» va b.) san'ati bilan boğliq. Örta asr davrida O.ning jihatlari Kurtuba xalifaligi (mas, 8-10-.larda qurilgan va 'keyinçalik çerkovga aylantirilgan Kordova katta mas-jidi), Granada (13-14-a.larda bunyod etilgan al-humro saroyi va b.) me'morligida taqasimon ravoqlar, öziga xos dekorativ va jimjimador panjaralar orqali namoyon bölgan. Keyinçalik ham Ispaniyaning jan.da şarqona uslub «Mudexar» nomi bilan davom etdi (15-a. ga mansub Saragossa viloyati Utevodagi çerkov qönğiroqxonasi — «Közgular minorasi» va b). Fransiya me'morligida O. Napoleon davri (ampir uslubi)da ham namoyon bölgan. Bezaklar qatorida sfinks tas-virlari va mayda naqşlar («arabeska») qöllangan. Bular Luvr, Fonteb-lo, Malmezon saroylarini 'qayta qurişgan Persye (Persye) va Fon-ten ijodlarida yaqqol seziladi. Rossiya me'morligidagi O.ga 18-a. oxi-rida Çor selosi (Sarskoye selo) ning Xitoy qişloğida bunyod etilgan imo-ratlar misol böla oladi. Tasviriy san'atda K.Matiss yapon miniatyurasi («Baliqlar», «Yapon vazasi bölgan natyurmort» va b.), P.Gogen Okeaniya xalqlari amaliy bezak san'ati («Ki-rol xotini», «Taiti pastorallari» va b.), P.Pikasso negrlar niqoblari («Yelpiğiçli ayol», «3 musiqaçi») dan ilhomlanib asarlar yaratişgan.
Özbekistonda O. 19-a. 2-yarmi — 20- a. boşida yevropalik me'morlar ijodida yaqqol körinadi (Toşkentdagi Romanov saroyi, \ozirda buzilib ketgan «Xiva» kinoteatri, Kogondagi va Şerbudundagi amir saroylari, Xivadagi aloqa bölimi va kasalxona). Toşkentdagi A.Polovsevning uyi (hoz. Amaliy san'at muzeyi) asosan xalq me'morligi an'analarida barpo etilgan bölib, unda Yevropa jihozlari (çunonçi, peç) \am özbek an'anaviy naqşlari bilan bszatilgan. 20-a. ning 30—70 ylarida xam Özbekiston me'morlari O. an'analaridan foydalanişgan (Toşkentdagi FA binosi va b.). Ayrim binolarda milliy şakllarga keng örin berildi (Moskvadagi q.x. körgazmasining Özbekiston paviloni va b.).
Töliq öqiş — yana 2 xatboşi
Musiqada O.ning misollari G.Pyorsell (Angliya), F.Ramo (Fransiya) kabi kompozitorlarning umumşarqona asarlari, Vena klassik maktabi namoyandalariga xos «turkça» namunalarida yuzaga kelgan. Tom ma'nodagi badiiy yetuk namunalarini 19-a.dan boşlab Fransiya (F.David, J.Bi-ze, K. Sen-Sans va b.), Rossiya («Kud-ratli töda» vakillari), 20-a.da Polşa (K.Şimanovskiy), Avstriya (T.Maler, KŞyonberg), Fransiya (M.Ravel, O.Mes-sian) kompozitorlari yaratişgan. Ba'-zan ayrim kompozitor (N.Rimskiykor-sakov, SRaxmaninov va b.)larning bu boradagi izlanişlari tölaqonli şar-qona asarlar yaratişga olib kelgan. Bu esa Şarq (xususan, Özbekiston)da kom-pozitorlik maktabi şakllanişga ijo-diy ibrat vazifasini ötagan.
Ne'mat Abdullayev, Xayrulla Pölatov, Töxtasin Ğafurbekov.
Manba: ÖzME, Qöşimça (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 57–58-b. — ziyouz.com