ORNITOLOGIYA (yun. ornithos — quş va ... logiya) — umurtqalilar zoologiya-sining quşlarni örganadigan bölimi. O. quşlarning ekologiyasi, biol.si, sistematikasi, morfologiyasi, fizio-logiyasi, biogeografiyasi, evolyutsiyasi va amaliy axamiyatini örganib, bu ma'-lumotlardan umum biologik va insoni-yatning amaliy faoliyati b-n boğliq muammolarni hal etişda foydalanadi. «O.» terminini fanga 16-a. oxirida ita-lyan naturalisti U. Aldrovandi kiritgan. Quşlarga bağişlangan birinçi asar «Hayvonlar tarixi»ni Aristotel (mil. av. 384—322 y.lar) yozgan; u 170 tur quşning tuzilişi va hayotini tasvirlab bergan. Örta asrlarda loçinlar yordamida ov qilişga qiziqiş ança kuçayganligi tufayli germaniyalik F. Gogenştaufenning «Quşlar b-n ovlaş san'a-ti haqida» asari dunyoga keldi. Asar quşlar töğrisidagi bilimlarni birmunça kengaytirdi. 16-a.dan boşlab quşlarning anatomik tuzilişi, biologik tas-nifi, hayot tarziga oid ma'lumotlar töplanib boradi. Şvedtabiatşunosi K. Linney quşlar sistematikasi va feno-logiyasini örganişga asos soldi. 19-a.da ayrim hududlar faunasini örganiş, quşlarning sistematikasi, evolyutsiyasi va Yer yuzida tarqaliş qonuniyatlarini örganiş sohasidagi işlar O.ning yanada rivojlanişiga olib keldi. 20-a.ning birinçi yarmidan boşlab quşlarning ekologik va etologik xususi-yatlari, turlararo munosabatlari, migratsiyasi örgana boşlandi. 20-a. ning birinçi yarmidan tadqiqotlarning yangi eksperimental va dalada işlaş metodlari işlab çiqilişi tufayli O. soha-sidagi tadqiqotlar biosfera va ekolo-giyaga oid muammolarni ilmiy nuktai nazardan hal etişda boşqa fanlar orasida mustahkam örin egallaydi. Quşlarni örganiş borasida xalqaro hamkorlikning yölga köyilişi O.ning rivojlanişida muhim ahamiyatga ega böldi. 1884 y.da O. soxasidagi i.t.lar va amaliy işlarni muvofiklaştiriş mak,-sadida Xalqaro ornitologlar komiteti tuzildi. Xalqaro, mamlakatlar va regi-onlar miqyosida konfesslar, konferensiyalar va seminarlar taşkil etila boşlandi. Hoz. 200 dan ortiq ornigologik jur.lar quşlarning hayoti va tabiat muhofazasiga oid ma'luotlarni berib boradi. Turkiston quşlari töğrisidagi dastlabki ma'lumotlar 19-a.ning 1-çoragida paydo böla boşlagan. Lekin O. sohasidagi fundamental tadqiqotlar faqat 20-a.dan boşlandi. 20-a.ning 2-yarmida Özbekistonda «Özbekiston faunasi», «Özbekiston quşlari» kabi yirik monografik asarlar, «Quşlar ensiklopediyasi», «Osiyoda quşlar mifatsiyasi» va b. bir qança yirik töplamlar naşrdan çiqarildi. Respublika orni-tologlari xalqaro taşkilotlar va fondlar b-n hamkorlikda biologik xilma-xillikni sakdaş, biologik resurslarni muhofaza qiliş va ulardan okdlona foydalaniş borasida yirik tadqiqotlar olib borişmokda. Mamlakatda or-nitologik tadqiqotlar, asosan, Özbe-kiston FA Zoologiya in-tida va oliy öquv yurtlari qoşidagi zoologiya kafed-ralarida olib boriladi.
Elmurod Şernazarov.
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 224–225-b. — ziyouz.com