OROLBÖYI QORAQUMI - Orol dengizining şim.-şarqida joylaşgan hudud. O.q.ning mutlaq balandligi şarqdan (160 m) ğarbga, şuningdek, Orol dengizi botiğiga (53 m) qarab pasayib boradi. Eng baland joylari alohida turgan gilli qoldiqlardan (Jilonqir, 157 m va b.) iborat. Ular atrofidagi tekisliklardan 20—50 m kötarilib turadi. Qum uyumlarining qalinligi 10—30 m. O. Q. hududining zamini bör, paleogen va neogen toğ jinslaridan taşkil topgan, asosan, gil-qum yotqizikdari keng tarqalgan. Bu jinslar ba'zi joylarda yer yuzasiga yaqin, ba'zan çiqib qolgan. Qum mas-sivlarining eni va uzunligi turliça, mas, Jeneşkequm massivining uz. 100—120 km, eni 10— 15 km, Kölquduqqum uz. 50—60 km, eni 3—15 km. Qum maydonlari ösimliklar b-n mustaxkamlangan. Massivlari birbirlaridan bo-tiqlar orqali ajralgan, ularning tublari şör, şörxok va taqirlar b-n band. Qum relyefi ulardan 10—20 m baland. Iklimi tipik adir xususiyatiga ega. Qişda havoning örtaça t-rasi — 11,7° dan (Kazani meteostansiyasi) — 13,5° gaça (Orol dengizi st-yasi) boradi. Iyulning örtaça t-rasi uşbu st-yalarda 26,1°, 26,3°. Qayd etilgan yillik mutlaq eng past t-ra —34°, —36°, eng yuqori t-ra 42°. Yoğin miqdori kam (108—124 mm), ularning asosiy qismi yilning iliq davriga töğri keladi (64— 67 mm). Qor qoplamining qalinligi 10 sm atrofida, 77—88 kun saklanadi. Grunt suvlari sathi yer yuza-siga yaqin, qumlarda öziga xos suv lin-zalari hosil böladi. Botiqlarda grunt suvlarining sathi 2—3 m çuqurlikda joylaşgan. Suvi çuçuk yoki bir oz şörroq, yaylovlarni suv b-n ta'minlaşda foydalaniladi. O.Q. yuzasini çöl-qum tuproklar va qumliklar egallagan. Qumlarda köproq oq jusan va yaşil şuvoq guruxlari keng tarqalgan. Şörxok va şörlangan tuproqlarda şöralar ösadi. Hududdagi yaylovlardan yil böyi foydalaniş mumkin, örtaça mahsuldorlik gektariga 2,2 sentner.
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 229-b. — ziyouz.com