ÖSIMLIK LINIYALARI (lot. — ip) — jinsiy yöl bilan köpayuvçi, bir gomozigotali ösimlik avlodlari; ular faqat uruği orqali köpayadi, barqarorligi ma'lum bir standart navga muvofiq tanlaş yöli bilan saqlab boriladi. Ö.l. sof, izogen, nasl beriş layoqatini tiklovçi, bepuştlikni mustahkamlovçi liniyalarga bölinadi. Sof liniyalar — özidan çanglanuvçi gomozigotali ösimliklarning genotipik bir xil nasli (q. Genotip). Biror belgiga nisbatan oliş mumkin bölgan sof liniyalarning soni şu belgilarni nazorat qiluvçi juft genlar soniga boğliq. Mas, agar belgini bir juft Aa gen nazorat qiladigan bölsa, ikkita sof liniya — AA va aa liniyalarini hosil etişi mumkin; agar belgini boşqa yana bir juft gen — Vv ham nazorat qiladigan bölsa, u holda törtta sof liniya — AAVV. aaVV, AAvv va aavv liniyalarni oliş mumkin, p juft genlar iştirokida olinişi mumkin bölgan sof liniyalar soni 2» ga teng. Sof liniyalar irsiyati juda barqaror bölib, özining barça belgi va xususiyatlarini nasllariga mustahkam ötkaziş va uzoq muddat saqlab qoliş layoqatiga ega. Sof liniyalarni birinçi bölib daniyalik genetik V.Iogansen örgandi. U özining «sof liniyalar» nazariyasini yaratib (1903), ularning evolyutsiya va seleksiya uçun ahamiyatini izohlab bergan. Çetdan çanglanuvçi bitta ösimlikning bir neça avlodida takrortakror majburan özidan çanglantirib olinadigan irsiy tabaqalanuvçi nasllari özidan çanglantirilgan liniyalarni taşkil qiladi. Bunday liniyalar asosan geterozisli duragay uruğlar yetiştirişda otaona sifatida foydalaniş maqsadida yaratiladi. Izogen liniyalar — allel genlarning bir yoki bir neça jufti tarkibidagi turli allellarni hisobga olmaganda genetik tuzilişi bir xil liniyalar. Bu xil liniyalar töyintiruvçi qayta çatiştiriş yöli bilan olinib, ösimliklar u yoki bu sifat belgisining xöjalikbiologik ahamiyatini aniqlaş imkonini beradi.
Ösimliklarning nasl beriş layoqatini tiklovçilar — bunday liniyalarni sitoplazmatik erkaklik bepuşt formalar bilan çatiştirilganda ularning hosil beriş qobiliyati qayta tiklanadi. Bepuştlikni mustahkamlov çilar — bunday liniyalar yoki navlarni sitoplazmatik erkaklik bepuşt formalar bilan çatiştirilganda bepuşt formalarning bu xususiyati saklanib qoladi. Çetdan çanglanuvçi ösimliklarda majburan özidan çanglanişni bir neça avlodlarda takrorlaş genetik tabaqalanişga ega bölgan özidan çanglangan liniyalar hosil bölişiga olib keladi. Ö.l. seleksiya işida yangi navlar yaratiş uçun boşlanğiç material bölib xizmat qiladi.
Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 176-b. — ziyouz.com