Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Dehqonçilik

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 228–231-b. — ziyouz.com

    Dehqonçilik - 1) ösimlik mahsulotlari işlab çiqariş uçun madaniy ösimliklar (q.x. ekinlari)ni yetiştiriş; q.x.ning asosiy tarmoklaridan biri. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari, çorvaçilikni yem-xaşak, köpgina sanoat tarmouşri (oziq-ovqat, töqimaçilik, farmatsevtika va b.)ni xom aşyo b-n ta'minlaydi. Çorvaçilik b-n uzviy boğliq. Dalaçşşk (asosiy tarmoq), sabzavotçşşk, polizçşşk, boğdorçilik, gulçilik, yaylov-ötloqçilik kabi tarmoklarga bölinadi.

    D.da ekinlarni parvarişlaş va mahsulotlar yetiştiriş texnologiyasining asosiy tadbirlari: mahalliy tuproq-iqlim şaroitiga moslaşgan, qimmatli biologik va xöjalik belgilariga ega bölgan navlar (duragaylar) ni tanlaş, almaşlab ekişla eng yaxşi ötmişdoşni tanlaş; ekin ekiladigan maydonlarda yerga yaxşi işlov beriş va öğitlarni qöllaş; uruğlikni ekişga tayyorlaş, ekiş (muddatlari, uruğlik ekiş normasi, ekiş usuli, ekiş çuqurligi); ekinlarni parvarişlaş (tuproqqa işlov beriş, oziqlantiriş, begona ötlarni yöqotiş, ekinni zararkunandalar va haşarotlardan himoya qiliş, defoliantlar, desikantlar qöllaş); hosilni yiğib-terib oliş (asosiy va ikkilamçi mahsulotlarni yiğib-terib oliş muddatlari va uni taşkil qiliş, dalani ösimlik qoldiklaridan tozalaş, hosil yiğib olingandan keyin yerni haydaş); yiğib olingan hosilga dastlabki işlov beriş va b.

    Q.x. ekinlarini yetiştirişda mukammal agrotexnologiya mintaqa, muayyan hudud, xöjalik, almaşlab ekiş dalasining tuproq-iqlim şaroitlari va ekiladigan ösimlik xususiyatlariga, şuningdek, xöjalikning işlab çiqariş resurslariga mos kelişi kerak. D.ning asosiy vazifasi ekinlarni yetiştirişning ilmiy asoslangan jadal texnologiyalari negizida don, sabzavot, meva va b. mahsulotlar işlab çiqarişni köpaytirişdan iborat.

    Tuproq, joy, iqlim şaroitlarining xilma-xilligiga qarab D.da ekiladigan ekinlar, tuproqqa işlov beriş usullari katta farqlarga ega. Namgarçilik yetarli bölgan mö'tadil mintaqalarda turğun D., qurğoqçilik hududlarida suğorma D., nam subtropik va tropiklarda 2—3 marta hosil yetiştiriladigan yil böyi D. paydo bölgan. Şu munosabat b-n har bir mintaqa uçun dehqonçilik tizimi işlab çiqiladi. Şim. yarim şarda D. ning quyidagi turlari paydo bölgan: turğun D. (tuproq-iqlim şaroitlari turli xil asosiy ekinlarni suğormasdan yetiştiriş imkonini beradigan hududlarda); qurğoqçil D. (ob-havo şaroitlari, atm yoğinlari beqaror bölgan daştlarda); lalmi D. (q.x. ekinlarini yetiştiriş faqat atm yoğinlariga boğliqbölgan, suğorilmaydigan yerlarda); suğorma D. (çöl, çala çöl quruq daşt hududlarda); toğ D. (tuproği kam taraqqiy etgan, ammo tabiiy unumdorligi yuqori bölgan toğli hududlarda); qutb D. (Çekka Şimol mintaqasida).

    D. toş davrining sönggi bosqiçi (neolit)da paydo böldi. Tuproqni yum-şatişda işlatilgan dastlabki qurol-yoğoç yoki toş poynakli yoğoç söqa hisoblanadi. Tuproqqa işlov beriş qurollari (söqa, omoç, ketmon, plug) va ot-ulov kuçlari (ot, hökiz, traktor, elektr tortiş qurilmalari)ning takomillaşib borişiga qarab haydalma D. paydo böldi va rivojlandi. Işlab çiqaruvçi kuçlarning ösişi, tabiatşunoslik fanlarining rivojlanişi natijasida D. usullari ham özgarib, asta-sekin ekstensiv şakllardan (olinadigan yalpi hosilni ekin maydonlarini kengaytiriş hisobiga köpaytiriş) intensiv şakllarga (yer maydonlarini kengaytirmagan holda ekinlar hosildorligi ösişini turli omillar — mexanizatsiya, melioratsiya, kimyolaştiriş, agrotexnika va b. hisobiga ta'minlaş) ötib, takomillaşib bordi.

    Hoz, davrda jahonda D. qilinadigan va köp yillik daraxtzorlar b-n band bölgan yerlar 1512 mln. ga ni taşkil qiladi. Jahon D.da bugdoy, şoli, makkajöxori, arpa, kartoşka, sabzavot-poliz ekinlari, mevalar, uzum eng köp ekiladi.

    Jahon D.da suğoriladigan jami yerlar maydoni 271,4 mln.ga ni taşkil etadi. Suğoriladigan maydonlar (mln. ga): Afrikada — 12,5, Şim. Amerikada — 30,4, Osiyoda — 191,2, Yevropada — 24,6, Avstraliyada — 2,4. Jahonda AQŞ, Xitoy, Hindiston, Rossiya, Qozoğiston kabi mamlakatlarda katta maydonlarda D. qilinadi. Haydaladigan va doimiy ekiladigan yer maydoni AQŞda 176,9 mln.ga (suğoriladigan yerlar 21,4 mln. ga), Xitoyda 124,1 mln.ga (suğoriladigan yerlar 52,5 mln.ga), Hindistonda 161,9 mln.ga (su-goriladigan yerlar 59 mln.ga), Rossiyada 127,9 mln.ga (suğoriladigan yerlar 4,6 mln.ga), Qozoğistonda 30 mln. ga (suğoriladigan yerlar 2,3 mln.ga). 20-a. oxiriga kelib Yevropa mamlakatlarida ham suğorma D. rivojlandi. Suğoriladigan yerlar maydoni (mln.ga) Fran-siyada — 2, Italiyada — 2,7, Ruminiyada — 2,8, Ispaniyada — 3,6, Ukrainada — 2,5 ni taşkil qiladi (1999).

    Örta Osiyo, şu jumladan Özbekiston D.ning qadimiy markazlaridan biri hisoblanadi. Ibtidoiy D.dan madaniy D.ka ötiş davrida Örta Osiyoda Osiyo hamda Yevropaning boşqa mintaqalariga Karaganda yerni işlaşda qöllanilgan temir qurollar ertaroq paydo bölgan. SP. Tolstovning taxminiça, mil. av. 2-ming yillikning örtalarida Xorazmda qayir tipidagi sugorişga asoslangan çopiq qilinadigan D. rivoj topgan. Farğona vodiysida ibtidoiy jamiyatda yaşagan uruğlar (ayniqsa jez davrida) soy va dare etaklarida liman usulida suğorişnn qöllab, loyqa bosgan yerlarga tariq, arpa va b. donli ekinlar ekişgan. Arxeologik tadqiqotlarning körsatişiça, Örta Osiyoda mil. av. 10-a. da, asosan ğalla ekinlari, şoli, ğöza, kunjut, qovun, tok va b. östirilgan.

    20-a. boşlariga qadar Örta Osiyoda, xususan hoz. Özbekiston hududida D.ning texnikaviy va agronomik darajasi past edi. Asosan ekstensiv D. tizimi qöllanilgan. Barça q.x. ekinlari, jumladan ğöza, makkajöxori, oq jöxori, şoli, boşoqli don, dukkakli don ekinlari faqat qöl kuçi b-n yetiştirilar, don ekinlari hosildorligi gektariga 6—7 s dan oşmas edi. Asosiy ulov — ot, hökiz, tuya, q.x. qurollari — omoç, ketmon, öroq, yoğoç moladan iborat bölgan, mineral öğitlar umuman qöllanilmagan. 20-a.ning 20-y.laridan Özbekistonda D.ning ilmiy bazasini yaratiş boşlandi, tajriba st-yalari, tajribatayanç xöjaliklari, i.t. va öquv in-tlari taşkil etildi, D.da turli mineral öğitlar, ösimliklarni himoya qilişning ki-myoviy vositalaridan foydalanila boşlandi, respublikaning özida öğitlar işlab çiqaradigan sanoat korxonalari qurildi, irrigatsiya-melioratsiya qurilişi rivojlantirildi. Özbekistonda keyingi 90 yil mobaynida asosiy D. qilinadigan suğoriladigan yerlar maydoni 2,34 marta köpaydi va 2000 y.ga kelib 4238,6 ming ga yetdi (1914 y.da 1809,5 ming ga). Q.x. işlab çiqarişda mexanizatsiyani keng joriy qiliş natijasida D. madaniyati yuksaldi: ekinlarni yetiştiriş agrotexnologiyasi yaxşilandi, mineral öğitlardan foydalanişning salmoği va ularning turk tarkibi ortdi, tuproqning meliorativ holatini yaxşilaş tadbirlari keng kölamda amalga oşirildi, davlat nav va uruğlik nazorati işlari yölga qöyildi.

    Özbekiston mustaqillikka erişganidan keyin umuman mamlakat q.x.da, şu jumladan D.da çuqur islohotlarni amalga oşiriş davri boşlandi. Birinçi navbatda D.ni olib borişning taşkiliy şakllari özgartirilib kolxozlar va sovxozlar dastlab jamoa xöjaliklariga, söngra 1995 y.dan boşlab şirkatlar, ijaraçilar uyuşmalari, xalq korporatsiya va b.ga aylantirildi, dehqon xöjaligi, fermer xöjaligi kabi yangi xöjalik yuritiş şakllari paydo böldi, q.x. korxonalarida oila pudrati keng yoyildi, aholining tomorqa xöjaligini rivojlantirişga e'tibor berildi.

    Özbekistan Respublikasida D.da tub burilişlarning huquqiy asoslarini yaratadigan «Yer töğrisida» (1990), «Suv va suvdan foydalaniş töğrisida» (1993), «Dehqon xöjaligi töğrisida», «Fermer xöjaligi töğrisida», «Qişloq xöjaligi kooperativi (şirkat xöjaligi) töğrisida» (1998) va b. qonunlar, şuningdek, Özbekiston Respublikasining Yer kodeksi (1998) qabul qilindi va amalga kiritildi.

    Respublika q.x.da D. yetakçi örinda turadi, uning q.x. yalpi mahsuloti hajmidagi hissasi 60—65%. D.da agrotexnikaning ilğor usullarini qöllaş, ekinlarning hosildor navlarini yaratiş, navlarni muttasil yangilaş va nav almaştiriş, öğitlardan samarali foydalaniş, ösimliklar himoyasi xizmatini yölga qöyiş, ekin maydonlari tarkiblarini özgartiriş tufayli yuqori natijalarga erişildi. D.da ğöza maydonlari qisqartirildi, aholini oziq-ovqat b-n ta'minlaşni tubdan yaxşilaş uçun respublikada don ekinlari maydoni köpaytirildi va respublikaning ğalla mustaqilligi ta'minlandi. 2000 y.da jami toifadagi xöjaliklarda ekin ekilgan maydonlar 3774,9 ming ga ni taşkil qildi. Ekin maydonlari tarkibida don ekinlari — 42,7, ğöza — 38,2, sabzavot — 3,4, kartoşka — 1,4, yem-xaşak ekinlari — 11,3, poliz ekinlari — 0,9% taşkil etdi. Respublika dehqonçiligida texnika ekinlari (ğöza, tamaki, qand lavlagi), don ekinlari (bugdoy, şoli, arpa, makkajöxori, dukkakli don ekinlari), sabzavot-kartoşka, poliz ekinlari, yem-xaşak ekinlari, boğdorçilik öz ahamiyatiga köra yetakçi örinlarda turadi. Respublikada 2000 y.da (ming t) paxta — 3001,8, don — 3915,7, şu jumladan buğdoy — 3521,7, şoli — 154,8, makkajöxori doni — 131,4, kartoşka — 729,8, sabzavotlar — 2637,3, poliz mahsulotlari — 457,3, meva va rezavor meva — 796,9, uzum — 625,4 yetiştirildi.

    D. madaniyatini oğişmay oşira boriş, fan yutuklarini va ilğor tajribalarini keng joriy etiş natijasida Özbekistonning köpgina ilğor xöjaliklarida paxta hosildorligi gektariga 35—45 s, boşokli don ekinlari 50—70 s, şoli 60—70 s, kartoşka 250—300 s, poliz ekinlari 300—400 s, makkajöxori doni hosil-dorligi 80— 100 s ga yetdi (q. Lalmikorlik, Suğorma dehqonçilik);

    2) q.x. ekinlarini yetiştiriş va tuproq unumdorligini oşirişning umumiy usullarini örganadigan fan (agronomiyaning bölimi). D. fan sifatida yuqori va barqaror hosildorlikni ta'minlaş uçun tuproqqa hamda ekinga ta'sir körsatişning turli usullarini, xususan, tuproqning ösimlik ösişi va rivojlanişi uçun qulay şaroitlarni ta'minlaydigan suv, ozuqa, havo va harorat rejimini boşqariş, ilmiy asoslangan D. tizimlarini va eng maqbul almaşlab ekişni, şuningdek, hosildorlikni pasaytiradigan sal-biy omillar (qurğoqçilik, garmsel, tuproq eroziyasi, begona ötlar va b.)ni bartaraf etiş yoki ularning ta'sirini kamaytiriş usullarini örganadi va işlab çiqadi. D. tuproqşunoslik, agrofizika, agrokimyo, seleksiya, uruğçilik, kişlok xöjaligi fi-topatologiyasi, entomologiya, melioratsiya, meteorologiya, yer tuziş va b. b-n çambarças boğliq. D. ka oid i.t. işlari i.t. muassasalari, tajriba st-yalari, tajriba dalalari va tayanç punkt larida, q.x. oliy öquv yurtlarining tajriba dalalarida olib boriladi (yana q. Ösimlikşunoslik).

    Ad.: Ermatov A., Dehqonçilik. T., 1990; Rasteniyevodstvo/Pod red. V. P. Vavilova, M., 1986; FAO Production yearbook 1999, vol. 53. [Food and Agriculture Organisation of the United Nations. Pome, 2001].

    Abdurahim Ermatov, Sulton Xolnazarov.

    Q.: Ösimlikşunoslik, Suğorma dehqonçilik

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДЕҲҚОНЧИЛИК - 1) ўсимлик маҳсулотлари ишлаб чиқариш учун маданий ўсимликлар (қ.х. экинлари)ни етиштириш; қ.х.нинг асосий тармокларидан бири. Аҳолини озиқ-овқат маҳсулотлари, чорвачиликни ем-хашак, кўпгина саноат тармоьушри (озиқ-овқат, тўқимачилик, фармацевтика ва б.)ни хом ашё б-н таъминлайди. Чорвачилик б-н узвий боғлиқ. Далачшшк (асосий тармоқ), сабзавотчшшк, полизчшшк, боғдорчилик, гулчилик, яйлов-ўтлоқчилик каби тармокларга бўлинади.

    Д.да экинларни парваришлаш ва маҳсулотлар етиштириш технологиясининг асосий тадбирлари: маҳаллий тупроқ-иқлим шароитига мослашган, қимматли биологик ва хўжалик белгиларига эга бўлган навлар (дурагайлар) ни танлаш, алмашлаб экишла энг яхши ўтмишдошни танлаш; экин экиладиган майдонларда ерга яхши ишлов бериш ва ўғитларни қўллаш; уруғликни экишга тайёрлаш, экиш (муддатлари, уруғлик экиш нормаси, экиш усули, экиш чуқурлиги); экинларни парваришлаш (тупроққа ишлов бериш, озиқлантириш, бегона ўтларни йўқотиш, экинни зараркунандалар ва ҳашаротлардан ҳимоя қилиш, дефолиантлар, десикантлар қўллаш); ҳосилни йиғиб-териб олиш (асосий ва иккиламчи маҳсулотларни йиғиб-териб олиш муддатлари ва уни ташкил қилиш, далани ўсимлик қолдикларидан тозалаш, ҳосил йиғиб олингандан кейин ерни ҳайдаш); йиғиб олинган ҳосилга дастлабки ишлов бериш ва б.

    Қ.х. экинларини етиштиришда мукаммал агротехнология минтақа, муайян ҳудуд, хўжалик, алмашлаб экиш даласининг тупроқ-иқлим шароитлари ва экиладиган ўсимлик хусусиятларига, шунингдек, хўжаликнинг ишлаб чиқариш ресурсларига мос келиши керак. Д.нинг асосий вазифаси экинларни етиштиришнинг илмий асосланган жадал технологиялари негизида дон, сабзавот, мева ва б. маҳсулотлар ишлаб чиқаришни кўпайтиришдан иборат.

    Тупроқ, жой, иқлим шароитларининг хилма-хиллигига қараб Д.да экиладиган экинлар, тупроққа ишлов бериш усуллари катта фарқларга эга. Намгарчилик етарли бўлган мўътадил минтақаларда турғун Д., қурғоқчилик ҳудудларида суғорма Д., нам субтропик ва тропикларда 2—3 марта ҳосил етиштириладиган йил бўйи Д. пайдо бўлган. Шу муносабат б-н ҳар бир минтақа учун деҳқончилик тизими ишлаб чиқилади. Шим. ярим шарда Д. нинг қуйидаги турлари пайдо бўлган: турғун Д. (тупроқ-иқлим шароитлари турли хил асосий экинларни суғормасдан етиштириш имконини берадиган ҳудудларда); қурғоқчил Д. (об-ҳаво шароитлари, атм ёғинлари беқарор бўлган даштларда); лалми Д. (қ.х. экинларини етиштириш фақат атм ёғинларига боғлиқбўлган, суғорилмайдиган ерларда); суғорма Д. (чўл, чала чўл қуруқ дашт ҳудудларда); тоғ Д. (тупроғи кам тараққий этган, аммо табиий унумдорлиги юқори бўлган тоғли ҳудудларда); қутб Д. (Чекка Шимол минтақасида).

    Д. тош даврининг сўнгги босқичи (неолит)да пайдо бўлди. Тупроқни юм-шатишда ишлатилган дастлабки қурол-ёғоч ёки тош пойнакли ёғоч сўқа ҳисобланади. Тупроққа ишлов бериш қуроллари (сўқа, омоч, кетмон, плуг) ва от-улов кучлари (от, ҳўкиз, трактор, электр тортиш қурилмалари)нинг такомиллашиб боришига қараб ҳайдалма Д. пайдо бўлди ва ривожланди. Ишлаб чиқарувчи кучларнинг ўсиши, табиатшунослик фанларининг ривожланиши натижасида Д. усуллари ҳам ўзгариб, аста-секин экстенсив шакллардан (олинадиган ялпи ҳосилни экин майдонларини кенгайтириш ҳисобига кўпайтириш) интенсив шаклларга (ер майдонларини кенгайтирмаган ҳолда экинлар ҳосилдорлиги ўсишини турли омиллар — механизация, мелиорация, кимёлаштириш, агротехника ва б. ҳисобига таъминлаш) ўтиб, такомиллашиб борди.

    Ҳоз, даврда жаҳонда Д. қилинадиган ва кўп йиллик дарахтзорлар б-н банд бўлган ерлар 1512 млн. га ни ташкил қилади. Жаҳон Д.да бугдой, шоли, маккажўхори, арпа, картошка, сабзавот-полиз экинлари, мевалар, узум энг кўп экилади.

    Жаҳон Д.да суғориладиган жами ерлар майдони 271,4 млн.га ни ташкил этади. Суғориладиган майдонлар (млн. га): Африкада — 12,5, Шим. Америкада — 30,4, Осиёда — 191,2, Европада — 24,6, Австралияда — 2,4. Жаҳонда АҚШ, Хитой, Ҳиндистон, Россия, Қозоғистон каби мамлакатларда катта майдонларда Д. қилинади. Ҳайдаладиган ва доимий экиладиган ер майдони АҚШда 176,9 млн.га (суғориладиган ерлар 21,4 млн. га), Хитойда 124,1 млн.га (суғориладиган ерлар 52,5 млн.га), Ҳиндистонда 161,9 млн.га (су-гориладиган ерлар 59 млн.га), Россияда 127,9 млн.га (суғориладиган ерлар 4,6 млн.га), Қозоғистонда 30 млн. га (суғориладиган ерлар 2,3 млн.га). 20-а. охирига келиб Европа мамлакатларида ҳам суғорма Д. ривожланди. Суғориладиган ерлар майдони (млн.га) Фран-цияда — 2, Италияда — 2,7, Руминияда — 2,8, Испанияда — 3,6, Украинада — 2,5 ни ташкил қилади (1999).

    Ўрта Осиё, шу жумладан Ўзбекистон Д.нинг қадимий марказларидан бири ҳисобланади. Ибтидоий Д.дан маданий Д.ка ўтиш даврида Ўрта Осиёда Осиё ҳамда Европанинг бошқа минтақаларига Караганда ерни ишлашда қўлланилган темир қуроллар эртароқ пайдо бўлган. СП. Толстовнинг тахминича, мил. ав. 2-минг йилликнинг ўрталарида Хоразмда қайир типидаги сугоришга асосланган чопиқ қилинадиган Д. ривож топган. Фарғона водийсида ибтидоий жамиятда яшаган уруғлар (айниқса жез даврида) сой ва даре этакларида лиман усулида суғоришнн қўллаб, лойқа босган ерларга тариқ, арпа ва б. донли экинлар экишган. Археологик тадқиқотларнинг кўрсатишича, Ўрта Осиёда мил. ав. 10-а. да, асосан ғалла экинлари, шоли, ғўза, кунжут, қовун, ток ва б. ўстирилган.

    20-а. бошларига қадар Ўрта Осиёда, хусусан ҳоз. Ўзбекистон ҳудудида Д.нинг техникавий ва агрономик даражаси паст эди. Асосан экстенсив Д. тизими қўлланилган. Барча қ.х. экинлари, жумладан ғўза, маккажўхори, оқ жўхори, шоли, бошоқли дон, дуккакли дон экинлари фақат қўл кучи б-н етиштирилар, дон экинлари ҳосилдорлиги гектарига 6—7 ц дан ошмас эди. Асосий улов — от, ҳўкиз, туя, қ.х. қуроллари — омоч, кетмон, ўроқ, ёғоч моладан иборат бўлган, минерал ўғитлар умуман қўлланилмаган. 20-а.нинг 20-й.ларидан Ўзбекистонда Д.нинг илмий базасини яратиш бошланди, тажриба ст-ялари, тажрибатаянч хўжаликлари, и.т. ва ўқув ин-тлари ташкил этилди, Д.да турли минерал ўғитлар, ўсимликларни ҳимоя қилишнинг ки-мёвий воситаларидан фойдаланила бошланди, республиканинг ўзида ўғитлар ишлаб чиқарадиган саноат корхоналари қурилди, ирригация-мелиорация қурилиши ривожлантирилди. Ўзбекистонда кейинги 90 йил мобайнида асосий Д. қилинадиган суғориладиган ерлар майдони 2,34 марта кўпайди ва 2000 й.га келиб 4238,6 минг га етди (1914 й.да 1809,5 минг га). Қ.х. ишлаб чиқаришда механизацияни кенг жорий қилиш натижасида Д. маданияти юксалди: экинларни етиштириш агротехнологияси яхшиланди, минерал ўғитлардан фойдаланишнинг салмоғи ва уларнинг турк таркиби ортди, тупроқнинг мелиоратив ҳолатини яхшилаш тадбирлари кенг кўламда амалга оширилди, давлат нав ва уруғлик назорати ишлари йўлга қўйилди.

    Ўзбекистон мустақилликка эришганидан кейин умуман мамлакат қ.х.да, шу жумладан Д.да чуқур ислоҳотларни амалга ошириш даври бошланди. Биринчи навбатда Д.ни олиб боришнинг ташкилий шакллари ўзгартирилиб колхозлар ва совхозлар дастлаб жамоа хўжаликларига, сўнгра 1995 й.дан бошлаб ширкатлар, ижарачилар уюшмалари, халқ корпорация ва б.га айлантирилди, деҳқон хўжалиги, фермер хўжалиги каби янги хўжалик юритиш шакллари пайдо бўлди, қ.х. корхоналарида оила пудрати кенг ёйилди, аҳолининг томорқа хўжалигини ривожлантиришга эътибор берилди.

    Ўзбекистан Республикасида Д.да туб бурилишларнинг ҳуқуқий асосларини яратадиган «Ер тўғрисида» (1990), «Сув ва сувдан фойдаланиш тўғрисида» (1993), «Деҳқон хўжалиги тўғрисида», «Фермер хўжалиги тўғрисида», «Қишлоқ хўжалиги кооперативи (ширкат хўжалиги) тўғрисида» (1998) ва б. қонунлар, шунингдек, Ўзбекистон Республикасининг Ер кодекси (1998) қабул қилинди ва амалга киритилди.

    Республика қ.х.да Д. етакчи ўринда туради, унинг қ.х. ялпи маҳсулоти ҳажмидаги ҳиссаси 60—65%. Д.да агротехниканинг илғор усулларини қўллаш, экинларнинг ҳосилдор навларини яратиш, навларни муттасил янгилаш ва нав алмаштириш, ўғитлардан самарали фойдаланиш, ўсимликлар ҳимояси хизматини йўлга қўйиш, экин майдонлари таркибларини ўзгартириш туфайли юқори натижаларга эришилди. Д.да ғўза майдонлари қисқартирилди, аҳолини озиқ-овқат б-н таъминлашни тубдан яхшилаш учун республикада дон экинлари майдони кўпайтирилди ва республиканинг ғалла мустақиллиги таъминланди. 2000 й.да жами тоифадаги хўжаликларда экин экилган майдонлар 3774,9 минг га ни ташкил қилди. Экин майдонлари таркибида дон экинлари — 42,7, ғўза — 38,2, сабзавот — 3,4, картошка — 1,4, ем-хашак экинлари — 11,3, полиз экинлари — 0,9% ташкил этди. Республика деҳқончилигида техника экинлари (ғўза, тамаки, қанд лавлаги), дон экинлари (бугдой, шоли, арпа, маккажўхори, дуккакли дон экинлари), сабзавот-картошка, полиз экинлари, ем-хашак экинлари, боғдорчилик ўз аҳамиятига кўра етакчи ўринларда туради. Республикада 2000 й.да (минг т) пахта — 3001,8, дон — 3915,7, шу жумладан буғдой — 3521,7, шоли — 154,8, маккажўхори дони — 131,4, картошка — 729,8, сабзавотлар — 2637,3, полиз маҳсулотлари — 457,3, мева ва резавор мева — 796,9, узум — 625,4 етиштирилди.

    Д. маданиятини оғишмай ошира бориш, фан ютукларини ва илғор тажрибаларини кенг жорий этиш натижасида Ўзбекистоннинг кўпгина илғор хўжаликларида пахта ҳосилдорлиги гектарига 35—45 ц, бошокли дон экинлари 50—70 ц, шоли 60—70 ц, картошка 250—300 ц, полиз экинлари 300—400 ц, маккажўхори дони ҳосил-дорлиги 80— 100 ц га етди (қ. Лалмикорлик, Суғорма деҳқончилик);

    2) қ.х. экинларини етиштириш ва тупроқ унумдорлигини оширишнинг умумий усулларини ўрганадиган фан (агрономиянинг бўлими). Д. фан сифатида юқори ва барқарор ҳосилдорликни таъминлаш учун тупроққа ҳамда экинга таъсир кўрсатишнинг турли усулларини, хусусан, тупроқнинг ўсимлик ўсиши ва ривожланиши учун қулай шароитларни таъминлайдиган сув, озуқа, ҳаво ва ҳарорат режимини бошқариш, илмий асосланган Д. тизимларини ва энг мақбул алмашлаб экишни, шунингдек, ҳосилдорликни пасайтирадиган сал-бий омиллар (қурғоқчилик, гармсел, тупроқ эрозияси, бегона ўтлар ва б.)ни бартараф этиш ёки уларнинг таъсирини камайтириш усулларини ўрганади ва ишлаб чиқади. Д. тупроқшунослик, агрофизика, агрокимё, селекция, уруғчилик, кишлок хўжалиги фи-топатологияси, энтомология, мелиорация, метеорология, ер тузиш ва б. б-н чамбарчас боғлиқ. Д. ка оид и.т. ишлари и.т. муассасалари, тажриба ст-ялари, тажриба далалари ва таянч пункт ларида, қ.х. олий ўқув юртларининг тажриба далаларида олиб борилади (яна қ. Ўсимликшунослик).

    Ад.: Эрматов А., Деҳқончилик. Т., 1990; Растениеводство/Под ред. В. П. Вавилова, М., 1986; FAO Production yearbook 1999, vol. 53. [Food and Agriculture Organisation of the United Nations. Pome, 2001].

    Абдураҳим Эрматов, Султон Холназаров.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.