Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Dogma

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 331-b. — ziyouz.com

    Dogma (yun. dogma — fikr, qoida, ta'limot) — 1) qanday şaroitda qöllanişidan qat'i nazar, tanqid közi b-n tekşirilmay kör-körona qabul qilinaveradigan qoida, dalil-isbotsiz muhokama. Dogmatik fikr biliş yöliga, fan taraqqiyotiga tösqinlik qiladi (q. Dogmatizm); 2) ilohiyotda dindorlar uçun majburiy hisoblangan, muhokama yuritmasdan e'tiqod qilinadigan ta'limot (q. Aqida).

    Q.: Aqida, Dogmatizm

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДОГМА (юн. dogma — фикр, қоида, таълимот) — 1) қандай шароитда қўлланишидан қатъи назар, танқид кўзи б-н текширилмай кўр-кўрона қабул қилинаверадиган қоида, далил-исботсиз муҳокама. Догматик фикр билиш йўлига, фан тараққиётига тўсқинлик қилади (қ. Догматизм); 2) илоҳиётда диндорлар учун мажбурий ҳисобланган, муҳокама юритмасдан эътиқод қилинадиган таълимот (қ. Ақида).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.