Gametalar
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 71-b. — ziyouz.com
Gametalar (gameta — xotin, gametes — er) — hayvon va ösimliklarning jinsiy hujayralari. G. irsiy belgilarni ota-onadan avlodga ötkaziş funksiyasini bajaradi. G. xromosomasi gaploiddir. Uruğlaniş jarayonida ikki gaploid hujayra qöşilib, diploid xromosomali zigotani hosil qiladi. Zigotadan yangi organizm rivojlanadi. Morfologik jihatdan jinsiy jarayonlar geterogamiya, izogamiya va zigogamiya tipida sodir böladi (yana q. Tuxum, Spermatozoid).
Q.: Spermatozoid, Tuxum
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ГАМЕТАЛАР (gameta — хотин, gametes — эр) — ҳайвон ва ўсимликларнинг жинсий ҳужайралари. Г. ирсий белгиларни ота-онадан авлодга ўтказиш функциясини бажаради. Г. хромосомаси гаплоиддир. Уруғланиш жараёнида икки гаплоид ҳужайра қўшилиб, диплоид хромосомали зиготани ҳосил қилади. Зиготадан янги организм ривожланади. Морфологик жиҳатдан жинсий жараёнлар гетерогамия, изогамия ва зигогамия типида содир бўлади (яна қ. Тухум, Сперматозоид).
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.