Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Girift

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 346-b. — ziyouz.com

    Girift GIRIFT, bidratma, dirillama, rez — dutor, tanbur, çang singari torli sozlarda işlatiladigan ijro usuli, musiqa bezaklaridan biri. Barmoq (yoki bilak)larning uzluksiz, tez va bir tekisda almaşinib kelayotgan harakatlari orqali bajariladi. G. kuçi bir xil bölgan zarblardan iborat bölib, kuylarga öziga xos noziklik va mayinlik bağişlaydi. «Boburnoma»da G.ni qonun sozining maşhur ijroçisi bastakor Xöja Abdulloh Marvarid (16-a.) ixtiro etganligi ta'kidlanadi (yana q. Musiqa ijroçiligi, Melizmlar).

    Q.: Melizmlar, Musiqa ijroçiligi

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГИРИФТ, бидратма, дириллама, рез — дутор, танбур, чанг сингари торли созларда ишлатиладиган ижро усули, мусиқа безакларидан бири. Бармоқ (ёки билак)ларнинг узлуксиз, тез ва бир текисда алмашиниб келаётган ҳаракатлари орқали бажарилади. Г. кучи бир хил бўлган зарблардан иборат бўлиб, куйларга ўзига хос нозиклик ва майинлик бағишлайди. «Бобурнома»да Г.ни қонун созининг машҳур ижрочиси бастакор Хўжа Абдуллоҳ Марварид (16-а.) ихтиро этганлиги таъкидланади (яна қ. Мусиқа ижрочилиги, Мелизмлар).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.