Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Menisk

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 426-b. — ziyouz.com

    Menisk (yun. menishos — yarim oy) — 1) ikki sferik sirt b-n çegaralangan qavariq-botiq yoki botiqqavariq linza. Optik asboblarda qöllaniladi (q. Meniskli teleskop); 2) ingiçka nayça (kapillyar) devorlari yoki bir-biriga yaqin turgan ikki plastinka orasidagi suyuqlikning qiyşaygan sirti. Ma'lumki, biror sirtga tekkanda uni höllaydigan (yuqadigan) va höllamaydigan (yuqmaydigan) suyuqliklar böladi. Sirtni höllaydigan suyuqlikda botik M., höllamaydigan suyuqlikda qavariq M. böladi (yana q. Kapillyar hodisalar).

    Q.: Kapillyar hodisalar, Meniskli teleskop

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    МЕНИСК (юн. menishos — ярим ой) — 1) икки сферик сирт б-н чегараланган қавариқ-ботиқ ёки ботиққавариқ линза. Оптик асбобларда қўлланилади (қ. Менискли телескоп); 2) ингичка найча (капилляр) деворлари ёки бир-бирига яқин турган икки пластинка орасидаги суюқликнинг қийшайган сирти. Маълумки, бирор сиртга текканда уни ҳўллайдиган (юқадиган) ва ҳўлламайдиган (юқмайдиган) суюқликлар бўлади. Сиртни ҳўллайдиган суюқликда ботик М., ҳўлламайдиган суюқликда қавариқ М. бўлади (яна қ. Капилляр ҳодисалар).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.