Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Oliy öquv yurtlari

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 117–120-b. — ziyouz.com

    Oliy öquv yurtlari - xalq xöja ligi, fan va madaniyatning turli tar-moklari uçun malakali mutaxassislar, ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlab berişga yönaltirilgan öquv muassasalari. Ularda bölajak mutaxassislarga oliy ta'lim berişdan taşkari, nazariy va amaliy yönalişdagi ilmiy işlar ham olib boriladi, oliy va örta maxsus maktablarning prof.-öqituvçilari, tegişli yönalişdagi i.ç. va madaniyat sohalarining mutaxassislari malaka oşiradilar. O.ö.yu.ga un-tlar, tarmoq (texnika, tibbiyot, ped., mada-niyat, iqtisod va b.) in-tlari, oliy harbiy yoki texnika öquv yurtlari, öquv akademiyalari, oliy maktablar kiradi.

    O.ö.yu.ning dastlabki körinişlari bölmiş falsafa maktablari mil. av. 5— 3-a.larda Afina va Rimda vujudga keldi. Musulmon Şarqida esa islom qabul qilinib, şiddat b-n yoyilgan 10-a.ga kelib arab xalifaligiga qaraşli Iroq, Suriya, Misr mamlakatlarida O.ö.yu.ning Madrasa şakli qaror topdi. Musulmon Renessansining yuzaga çiqişida Madrasa ta'limi tizimi muhim ahamiyatga ega böldi.

    O.ö.yu. sifatida un-tlar musulmon madrasalari ta'sirida Ğarb Renessansining bölğusi öçoklarida ança keyin: 11 —12-a.larda Italiya (Saler-no va Bolonya), Fransiya (Parij), 12-a. oxiri — 13-a. boşlarida Ispaniya (Salamanka) va Angliyada (Oksford) paydo böldi. Keyinçalik un-tlar boşqa mamlakatlarda ham oçila boşladi. Rossiyada birinçi oliy öquv yurti 1725 y.da oçilgan Peterburg FA krşidagi Akademiya un-ti edi. 1755 y. M. Lomonosov taşabbusi b-n Moskva un-ti oçildi.

    Mamlakatimiz hududidagi ilk oliy öquv yurti Abu Bakr Muhammad Narşa-xiyning «Buxoro tarixi» asarida ay-tib ötilgan 937 y.gi yonginda zarar körgan Forjak madrasasi bölgan. Turkistondagi ilk O.ö.yu. 2 turga bölingan. Birinçi turi Madrasa deb atalgan va talabalarga ilohiy (nakdiy) va dunyoviy (aqliy) ilmlar berilib, kiçikroq şaharlarda, tumanlarda faoliyat körsatgan. Ikkinçi turdagi O.ö.yu.lari oliy madrasalar (madrasai a'lo) deyilgan. Oliy madrasalarda darsxonalar ham, xujralar soni ham köp bölgan, bu yerdagi mudarrislar ilm axdi tomonidan tan olingan, talabalarga berila-digan vazifalar miqsori köproqbölgan. Oliy madrasalar siyosiy va ilmiy poytaxt hisoblanmiş şaharlarda faoliyat körsatgan. Ularga ajratilgan vaqf yerlar mikdori katta bölgan va ular şahardagi eng haşamatli binolarda joylaşgan. Oliy madrasada berilgan sanad (diplom) musulmon olamining barça joylarida inobatga ötgan. Madrasalardagi talabalar özlaştiriş darajalariga qarab, ta'limning quyi (adno), örta (avsat) va yuqori (a'lo) bosqiçlarini ötaganlar. Muayyan bosqiçni sakkiz yilda ötay olmagan talaba va-zifadan mahrum qilingan. O.y.yu.ning bu tizimi to şörolar boşqaruvi qaror topganga qadar davom etdi. 1929 y. ga kelib, Şöro hukumati O.ö.yu.ning Madrasa turini rasmiy ravişda taqiqlab quydi (yana q. Madrasa).

    Özbekistonda zamonaviy ma'nodagi birinçi oliy öquv yurti Turkiston ASSR Xalq komissarlar kengaşi buyrugi b-n 1918 y.ning 16 martida taşkil etilgan Turkiston xal k, univer-sitetidir. Ammo bu un-t faqar rus tilida ma'lumot olgan kişilarni öqitişga yönaltirilgan bölib, ölkaning haqiqiy egalariga oliy ma'lumot beriş közda tutilmagan. Millatning fikriy rivojida zamonaviy un-tlarning ğoyat ulkan örin tutişini anglagan Munavvarqori yetakçiligidagi ziyolidar taşabbusi va saxovatli kişilarning kömagi b-n 1918 y. 12 mayda Xalq dorilfununining taşkil etilişi ulkan voqeaga aylangan. Xalq dorilfununi taşkil etilganda, uning qoşida adabiyot-falsafa, ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiymatematik, q.x., texnika singari 5 f-t faoliyat körsatgan. Ölkada örta ma'lumotli yoşlar kam bölgani uçun ham Xalq dorilfununi qoşida öqişga kirişga tayyorlaydigan maktab va kurslar taşkil etilgan. 1919 y.dan boşlab şu maqsadda işçilar fakultet (rab-fak)lari yuzaga keldi. Xalq dorilfu-

    nunining milliy asoslarda mustaqil ravişda faoliyat körsatayotganligidan xavotirga tuşgan RSFSR Xalq komissarlari kengaşi 1920 y. 7 sent.da 2 yildan oşiqroq vaqtdan buyon işla-yotgan dorilfununni «taşkil etiş» va uni davlat un-tiga aylantiriş haqida dekret çiqardi. Bu iş oliy öquv yur-tida mahalliy mutaxassislarning kamroq bölişi va oliy ta'limning taşkil etilişida milliy xususiyatlar hisobga olinişiga imkon bermaslik uçun qilingan edi. Xalq dorilfununi 1920 y.dan Turkiston davlat un-ti, 1923 y.dan Örta Osiyo davlat un-ti (SAGU), 1960 y.dan Toşkent davlat un-ti (ToşDU), 2001 y.dan Özbekiston milliy universiteti (ÖzMU) tarzida atalgan.

    1918 y. 8 noyab.da taşkil etilgan Turkiston şarqşunoslik instituti mamlakatimizdagi ikkinçi oliy öquv yurtidir (bu in-t 1924 y.da Örta Osiyo davlat un-tining f-tiga aylantirilgan). 1919 y.ning 15 avg.da taşkil etilgan Turkiston ölkasi oliy tibbiyot maktabi Özbekistondagi uçinçi oliy öquv yurti böldi (maktab 1919 y. ning 27 noyab. da Örta Osiyo davlat un-tining tibbiyot f-tiga aylantirilgan). 1927 y. Samarkandda oçilgan Özbekiston Oliy ped . in-ti (1930 y.dan Özbekiston Ped. akademiyasi) mamlakatimizdagi törtinçi oliy öquv yurti hisoblanadi. 1933 y. şu oliy maktab negizida Özbekiston davlat un-ti (1960 y.dan Alişer Navoiy nomidagi Samarkand universiteti) taşkil böldi.

    1929 y. Örta Osiyo davlat un-ti negizida bir qator O.ö.yu. taşkil etildi. Örta Osiyo qişloq xöjalik in-ti (q. Toşkent agrar universiteti), Örta Osiyo Paxtaçilik va irrigatsiya politexnika in-ti (q. Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti), Örta Osiyo energetika, Örta Osiyo geolo-razvedka (bular keyinçalik Toşkent texnika universitetining f-tlariga aylantirilgan) va Örta Osiyo quriliş (q. Toşkent me'morlik va kuriliş instituti) singari O.ö.yu. taşkil topgan. 1931 y. Örta Osiyo davlat un-ti asosida To-jikiston Q.x., Oliy ped., Turkmani-ston Zooveterinariya in-tlari, Örta Osiyo tibbiyot in-ti, Örta Osiyo Plan in-ti (q. Toşkent iktisodiye't univer-siteti) taşkil etildi. Örta Osiyo respublikalaridagi 15 oliy öquv yurti va önlab i.t. muassasalari SAGUdan ajralib çiqqan. 20-a. ning 30—40-a.larida Özbekistondagi köplab O.ö.yu. Örta Osiyo miqyosida iş körganligi diqqatga sazovordir. Ularda tegişli sohalar böyiça faqat mamlakatimizga emas, balki butun Örta Osi-yoga oliy malakali kadrlar yetiştirib berilgan. Şu tariqa, Özbekiston qar-doş mamlakatlarni oliy ma'lumotli mutaxassislar b-n ta'minlaş va u joylarda O.ö.yu. tizimini yaratişning öziga xos öçoği böldi.

    2-jahon uruşigaça bölgan davrda Özbekistonda bir neçta O.ö.yu. taşkil etildi. 1932 y. Örta Osiyo Temir yöl injenerlari in-ti (q. Toşkent temir pul transporti muhandislari instituti), Samarkand qişloq xöjalik instituti, Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti, Örta Osiyo Sovet qurilişi va huquqi in-ti (q. Toşkent yuridik instituti), 1935 y. Toşkent ped. in-ti (q. Toşkent pedagogika universiteti), 1936 y. Toşkent konservatoriya-si, 1937 y. Toşkent farmatsevtika instituti taşkil topdi.

    1940/41 öquv yilida Özbekistonda 30 oliy öquv yurti bölib, ularda 19061 talaba öqigan. 2-jahon uruşi yillarida Özbekistondagi O.ö.yu. faoliyati izdan çiqdi. Talabalarning asosiy qismi frontga çaqirilgani, oliy ta'limni mablağ b-n ta'minlaş nihoyatda oğirlaşgani uçun ham O.ö.yu. da öqiydiganlar miqsori keskin kamaydi. Buning salbiy oqibatlari uruşdan keyingi yillarda ham yaqqol se-zilib turdi. Natijada, moddiy-texni-ka hamda öquv-ilmiy bazasi noçorla-şib krlgan bir qator in-tlar yirik O.ö.yu.ga (mas, ayrim ququq va ped. in-tlari un-tlarga, öqituvçilar in-tlari ped. in-tlariga) qöşildi.

    Mustaqillik arafasida Özbekistonda 41 oliy öquv yurti bölib, ulardan 3 tasi un-t (ToşDU, SamDU va 1976 y. taşkil etilgan Krraqalpoğiston universiteti), 15 tasi ped. in-ti, 7 tasi texnika in-ti, 3 tasi iqtisod in-ti, 5 tasi tibbiyot in-ti, 4 tasi q.x. in-ti, 3 tasi san'at in-ti, 1 tasi jismo-niy tarbiya va sport in-ti bölgan.

    Mustaqillikka erişilgaç, Özbekistonda O.ö.yu. tizimi milliy asoslarda tubdan qayta qurildi. O.ö.yu. ning zamon talablariga moye, raqobatbardoş oliy malakali kadrlar tayyorlaş im-koniyati yaratilişiga alohida ahami-yat berildi. Şu maqsadda un-t tizimi kengaytirildi. 1992 y.ga kelib, mamlakatimizdagi un-tlar soni 12 taga yetdi. Mustaqillikdan keyin bir qator yangi O.ö.yu.lari taşkil qilindi. 2002 y. Özbekistondagi O.ö.yu. soni 61 tani taşkil etdi. Şulardan 18 tasi un-t bölib, krlganlari in-tlar, öquv akademiyalari, oliy maktablardir. 2001/2002 öquv yili 61 oliy öquv yurtida 207,2 ming talaba ta'lim oldi.

    ÖzR Konstitutsiyasiga köra, irqi, millati, jinsi, ijtimoiy mavqei, mulki, diniy e'tiqodidan qat'i na-zar, har bir Özbekiston fuqarosi O.ö.yu.da öqiş huquqiga ega. O.ö.yu.da ta'lim davlat hisobidan va şartnoma asosida amalga oşirilişi mumkin. O.ö.yu. ga 35 yoşgaça bölgan örta va örta maxsus ma'lumotli kişilar (O.ö.yu.ning sirtqi bölimida yoşga qaralmaydi) qabul qilinadi. O.ö.yu. ga kiruvçilar tanlagan mutaxassisligiga oid fanlar, ona tili va adabiyot, şuningdek, çet tillaridan umumlaşgan test topşiradilar. Ijodiy xarak-terdagi O.ö.yu.da (konservatoriya, san'at, jismoniy tarbiya, jurnalistika) testdan taşqari ixtisoslikdan ham imtihon topşiriladi.

    O.ö.yu.ga rektor boşçilik qiladi. Öquv, ilmiy va ma'naviy-ma'rifiy işlarga rahbarlik prorektorpar tomonidan amalga oşiriladi. O.ö.yu. fakultetlaraan taşkil topadi. F-tlarda bir yoki özaro boğliq bölgan bir neça mutaxassislikdan talaba va aspirantlar öqitiladi, xalq xöjaligining tegişli sohalaridan mutaxassislar malakasini oşiradi, şuningdek, kafedralarning i.t. faoliyatiga rahbarlik qiladi. F-tga dekan boşçilik qiladi.

    O.ö.yu. (f-tlar) faoliyatidagi asosiy masalalarni körib çiqiş va hal etiş uçun rektor (dekan) huzurida O.ö.yu., f-tlar Ilmiy kengaşi taşkil etiladi. Şuningdek, Oliy attestatsiya ko-miyesiyasi tomonidan nomzodlik va d-rlik dissertatsiyasi yoqlaş böyiça Himoya kengaşlari ham, asosan, O.ö.yu.da taşkil etiladi.

    O.ö.yu.ning prof.-öqituvçilari uçun quyidagi lavozimlar belgilangan: kafedra mudiri, prof., dotsent, katta öqituvçi, öqituvçi, assistent. Bular tanlov yöli b-n har 5 y.da bir sayla-nadi. Tanlov qarorlari O.ö.yu. kenga-şida yaşirin ovoz beriş yöli b-n qabul qilinadi. Ayrim yirik O.ö.yu.da dotsent, katta öqituvçi, öqituvçi la-vozimlariga saylaş vakolati f-t ilmiy kengaşiga berilgan.

    O.ö.yu.da öquv jarayoni ÖzR Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tasdiqlagan öquv rejasi va dasturlar böyiça taşkil etiladi.

    O.ö.yu.da darslarga qatnaşiş majburiy. Öquv yili yakuniy baholaş b-n tamomlanadigan 2 semestrdan iborat. Özbekistondagi O.ö.yu.da ta'lim 2 bosqiçli bölib, kamida 4 yillik bakalavriat va kamida 2 yillik magistraturadan iborat. Bakalavriat bos-qiçida talaba öqigan asosiy kurelardan davlat attestatsiyasidan ötadi va ma-

    lakaviy bitiruv işi yozadi. Magistratura bosqiçida esa magistrlik dissertatsiyasi tayyorlab, himoya qiladi. Şuningdek, mamlakatimizda ekstern (ma-şğulotlarga qatnamay, individual tayyorgarlik asosida) yöl b-n öqiş ham közda tutilgan.

    O.ö.yu.ning bakalavriat bosqiçini bitirganlarga mutaxassislik, magistratura bosqiçini tugallaganlarga ixtisoslik beriladi. O.ö.yu.ni bitiruvçilarga (kunduzgi, sirtqiligidan qati nazar) ixtisosi böyiça bir xil kuçga ega yagona namunadagi diplom beriladi. Asosiy fanlarning 75% dan ortiğini «a'lo» baxrlarga öqigan talabalar imtiyozli diplomga ega böladilar.

    Qozoqboy Möldoşev.

    Q.: Madrasa, Toşkent agrar universiteti, Toşkent pedagogika universiteti, Toşkent yuridik instituti

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ОЛИЙ ЎҚУВ ЮРТЛАРИ - халқ хўжа лиги, фан ва маданиятнинг турли тар-моклари учун малакали мутахассислар, илмий ва педагог кадрлар тайёрлаб беришга йўналтирилган ўқув муассасалари. Уларда бўлажак мутахассисларга олий таълим беришдан ташкари, назарий ва амалий йўналишдаги илмий ишлар ҳам олиб борилади, олий ва ўрта махсус мактабларнинг проф.-ўқитувчилари, тегишли йўналишдаги и.ч. ва маданият соҳаларининг мутахассислари малака оширадилар. О.ў.ю.га ун-тлар, тармоқ (техника, тиббиёт, пед., мада-ният, иқтисод ва б.) ин-тлари, олий ҳарбий ёки техника ўқув юртлари, ўқув академиялари, олий мактаблар киради.

    О.ў.ю.нинг дастлабки кўринишлари бўлмиш фалсафа мактаблари мил. ав. 5— 3-а.ларда Афина ва Римда вужудга келди. Мусулмон Шарқида эса ислом қабул қилиниб, шиддат б-н ёйилган 10-а.га келиб араб халифалигига қарашли Ироқ, Сурия, Миср мамлакатларида О.ў.ю.нинг Мадраса шакли қарор топди. Мусулмон Ренессансининг юзага чиқишида Мадраса таълими тизими муҳим аҳамиятга эга бўлди.

    О.ў.ю. сифатида ун-тлар мусулмон мадрасалари таъсирида Ғарб Ренессансининг бўлғуси ўчокларида анча кейин: 11 —12-а.ларда Италия (Салер-но ва Болонья), Франция (Париж), 12-а. охири — 13-а. бошларида Испания (Саламанка) ва Англияда (Оксфорд) пайдо бўлди. Кейинчалик ун-тлар бошқа мамлакатларда ҳам очила бошлади. Россияда биринчи олий ўқув юрти 1725 й.да очилган Петербург ФА кршидаги Академия ун-ти эди. 1755 й. М. Ломоносов ташаббуси б-н Москва ун-ти очилди.

    Мамлакатимиз ҳудудидаги илк олий ўқув юрти Абу Бакр Муҳаммад Нарша-хийнинг «Бухоро тарихи» асарида ай-тиб ўтилган 937 й.ги ёнгинда зарар кўрган Форжак мадрасаси бўлган. Туркистондаги илк О.ў.ю. 2 турга бўлинган. Биринчи тури Мадраса деб аталган ва талабаларга илоҳий (накдий) ва дунёвий (ақлий) илмлар берилиб, кичикроқ шаҳарларда, туманларда фаолият кўрсатган. Иккинчи турдаги О.ў.ю.лари олий мадрасалар (мадрасаи аъло) дейилган. Олий мадрасаларда дарсхоналар ҳам, хужралар сони ҳам кўп бўлган, бу ердаги мударрислар илм ахди томонидан тан олинган, талабаларга берила-диган вазифалар миқцори кўпроқбўлган. Олий мадрасалар сиёсий ва илмий пойтахт ҳисобланмиш шаҳарларда фаолият кўрсатган. Уларга ажратилган вақф ерлар микдори катта бўлган ва улар шаҳардаги энг ҳашаматли биноларда жойлашган. Олий мадрасада берилган санад (диплом) мусулмон оламининг барча жойларида инобатга ўтган. Мадрасалардаги талабалар ўзлаштириш даражаларига қараб, таълимнинг қуйи (адно), ўрта (авсат) ва юқори (аъло) босқичларини ўтаганлар. Муайян босқични саккиз йилда ўтай олмаган талаба ва-зифадан маҳрум қилинган. О.й.ю.нинг бу тизими то шўролар бошқаруви қарор топганга қадар давом этди. 1929 й. га келиб, Шўро ҳукумати О.ў.ю.нинг Мадраса турини расмий равишда тақиқлаб қуйди (яна қ. Мадраса).

    Ўзбекистонда замонавий маънодаги биринчи олий ўқув юрти Туркистон АССР Халқ комиссарлар кенгаши буйруги б-н 1918 й.нинг 16 мартида ташкил этилган Туркистон хал к, универ-ситетидир. Аммо бу ун-т фақар рус тилида маълумот олган кишиларни ўқитишга йўналтирилган бўлиб, ўлканинг ҳақиқий эгаларига олий маълумот бериш кўзда тутилмаган. Миллатнинг фикрий ривожида замонавий ун-тларнинг ғоят улкан ўрин тутишини англаган Мунавварқори етакчилигидаги зиёлидар ташаббуси ва саховатли кишиларнинг кўмаги б-н 1918 й. 12 майда Халқ дорилфунунининг ташкил этилиши улкан воқеага айланган. Халқ дорилфунуни ташкил этилганда, унинг қошида адабиёт-фалсафа, ижтимоий-иқтисодий, табиийматематик, қ.х., техника сингари 5 ф-т фаолият кўрсатган. Ўлкада ўрта маълумотли ёшлар кам бўлгани учун ҳам Халқ дорилфунуни қошида ўқишга киришга тайёрлайдиган мактаб ва курслар ташкил этилган. 1919 й.дан бошлаб шу мақсадда ишчилар факультет (раб-фак)лари юзага келди. Халқ дорилфу-

    нунининг миллий асосларда мустақил равишда фаолият кўрсатаётганлигидан хавотирга тушган РСФСР Халқ комиссарлари кенгаши 1920 й. 7 сент.да 2 йилдан ошиқроқ вақтдан буён ишла-ётган дорилфунунни «ташкил этиш» ва уни давлат ун-тига айлантириш ҳақида декрет чиқарди. Бу иш олий ўқув юр-тида маҳаллий мутахассисларнинг камроқ бўлиши ва олий таълимнинг ташкил этилишида миллий хусусиятлар ҳисобга олинишига имкон бермаслик учун қилинган эди. Халқ дорилфунуни 1920 й.дан Туркистон давлат ун-ти, 1923 й.дан Ўрта Осиё давлат ун-ти (САГУ), 1960 й.дан Тошкент давлат ун-ти (ТошДУ), 2001 й.дан Ўзбекистон миллий университеты (ЎзМУ) тарзида аталган.

    1918 й. 8 нояб.да ташкил этилган Туркистон шарқшунослик институти мамлакатимиздаги иккинчи олий ўқув юртидир (бу ин-т 1924 й.да Ўрта Осиё давлат ун-тининг ф-тига айлантирилган). 1919 й.нинг 15 авг.да ташкил этилган Туркистон ўлкаси олий тиббиёт мактаби Ўзбекистондаги учинчи олий ўқув юрти бўлди (мактаб 1919 й. нинг 27 нояб. да Ўрта Осиё давлат ун-тининг тиббиёт ф-тига айлантирилган). 1927 й. Самаркандда очилган Ўзбекистон Олий пед . ин-ти (1930 й.дан Ўзбекистон Пед. академияси) мамлакатимиздаги тўртинчи олий ўқув юрти ҳисобланади. 1933 й. шу олий мактаб негизида Ўзбекистон давлат ун-ти (1960 й.дан Алишер Навоий номидаги Самарканд университеты) ташкил бўлди.

    1929 й. Ўрта Осиё давлат ун-ти негизида бир қатор О.ў.ю. ташкил этилди. Ўрта Осиё қишлоқ хўжалик ин-ти (қ. Тошкент аграр университеты), Ўрта Осиё Пахтачилик ва ирригация политехника ин-ти (қ. Тошкент ырригацыя ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш муҳандислари институти), Ўрта Осиё энергетика, Ўрта Осиё геоло-разведка (булар кейинчалик Тошкент техника университетининг ф-тларига айлантирилган) ва Ўрта Осиё қурилиш (қ. Тошкент меъморлик ва курилиш институти) сингари О.ў.ю. ташкил топган. 1931 й. Ўрта Осиё давлат ун-ти асосида То-жикистон Қ.х., Олий пед., Туркмани-стон Зооветеринария ин-тлари, Ўрта Осиё тиббиёт ин-ти, Ўрта Осиё План ин-ти (қ. Тошкент иктисодие’т универ-ситети) ташкил этилди. Ўрта Осиё республикаларидаги 15 олий ўқув юрти ва ўнлаб и.т. муассасалари САГУдан ажралиб чиққан. 20-а. нинг 30—40-а.ларида Ўзбекистондаги кўплаб О.ў.ю. Ўрта Осиё миқёсида иш кўрганлиги диққатга сазовордир. Уларда тегишли соҳалар бўйича фақат мамлакатимизга эмас, балки бутун Ўрта Оси-ёга олий малакали кадрлар етиштириб берилган. Шу тариқа, Ўзбекистон қар-дош мамлакатларни олий маълумотли мутахассислар б-н таъминлаш ва у жойларда О.ў.ю. тизимини яратишнинг ўзига хос ўчоғи бўлди.

    2-жаҳон урушигача бўлган даврда Ўзбекистонда бир нечта О.ў.ю. ташкил этилди. 1932 й. Ўрта Осиё Темир йўл инженерлари ин-ти (қ. Тошкент темир пул транспорты муҳандислари институты), Самарканд қишлоқ хўжалик институты, Тошкент тўқимачилик ва енгил саноат институти, Ўрта Осиё Совет қурилиши ва ҳуқуқи ин-ти (қ. Тошкент юридик институти), 1935 й. Тошкент пед. ин-ти (қ. Тошкент педагогика университети), 1936 й. Тошкент консерватория-си, 1937 й. Тошкент фармацевтика институти ташкил топди.

    1940/41 ўқув йилида Ўзбекистонда 30 олий ўқув юрти бўлиб, уларда 19061 талаба ўқиган. 2-жаҳон уруши йилларида Ўзбекистондаги О.ў.ю. фаолияти издан чиқди. Талабаларнинг асосий қисми фронтга чақирилгани, олий таълимни маблағ б-н таъминлаш ниҳоятда оғирлашгани учун ҳам О.ў.ю. да ўқийдиганлар миқцори кескин камайди. Бунинг салбий оқибатлари урушдан кейинги йилларда ҳам яққол се-зилиб турди. Натижада, моддий-техни-ка ҳамда ўқув-илмий базаси ночорла-шиб крлган бир қатор ин-тлар йирик О.ў.ю.га (мас, айрим қуқуқ ва пед. ин-тлари ун-тларга, ўқитувчилар ин-тлари пед. ин-тларига) қўшилди.

    Мустақиллик арафасида Ўзбекистонда 41 олий ўқув юрти бўлиб, улардан 3 таси ун-т (ТошДУ, СамДУ ва 1976 й. ташкил этилган Кррақалпоғистон университети), 15 таси пед. ин-ти, 7 таси техника ин-ти, 3 таси иқтисод ин-ти, 5 таси тиббиёт ин-ти, 4 таси қ.х. ин-ти, 3 таси санъат ин-ти, 1 таси жисмо-ний тарбия ва спорт ин-ти бўлган.

    Мустақилликка эришилгач, Ўзбекистонда О.ў.ю. тизими миллий асосларда тубдан қайта қурилди. О.ў.ю. нинг замон талабларига мое, рақобатбардош олий малакали кадрлар тайёрлаш им-конияти яратилишига алоҳида аҳами-ят берилди. Шу мақсадда ун-т тизими кенгайтирилди. 1992 й.га келиб, мамлакатимиздаги ун-тлар сони 12 тага етди. Мустақилликдан кейин бир қатор янги О.ў.ю.лари ташкил қилинди. 2002 й. Ўзбекистондаги О.ў.ю. сони 61 тани ташкил этди. Шулардан 18 таси ун-т бўлиб, крлганлари ин-тлар, ўқув академиялари, олий мактаблардир. 2001/2002 ўқув йили 61 олий ўқув юртида 207,2 минг талаба таълим олди.

    ЎзР Конституциясига кўра, ирқи, миллати, жинси, ижтимоий мавқеи, мулки, диний эътиқодидан қатъи на-зар, ҳар бир Ўзбекистон фуқароси О.ў.ю.да ўқиш ҳуқуқига эга. О.ў.ю.да таълим давлат ҳисобидан ва шартнома асосида амалга оширилиши мумкин. О.ў.ю. га 35 ёшгача бўлган ўрта ва ўрта махсус маълумотли кишилар (О.ў.ю.нинг сиртқи бўлимида ёшга қаралмайди) қабул қилинади. О.ў.ю. га кирувчилар танлаган мутахассислигига оид фанлар, она тили ва адабиёт, шунингдек, чет тилларидан умумлашган тест топширадилар. Ижодий харак-тердаги О.ў.ю.да (консерватория, санъат, жисмоний тарбия, журналистика) тестдан ташқари ихтисосликдан ҳам имтиҳон топширилади.

    О.ў.ю.га ректор бошчилик қилади. Ўқув, илмий ва маънавий-маърифий ишларга раҳбарлик проректорпар томонидан амалга оширилади. О.ў.ю. факультетлараан ташкил топади. Ф-тларда бир ёки ўзаро боғлиқ бўлган бир неча мутахассисликдан талаба ва аспирантлар ўқитилади, халқ хўжалигининг тегишли соҳаларидан мутахассислар малакасини оширади, шунингдек, кафедраларнинг и.т. фаолиятига раҳбарлик қилади. Ф-тга декан бошчилик қилади.

    О.ў.ю. (ф-тлар) фаолиятидаги асосий масалаларни кўриб чиқиш ва ҳал этиш учун ректор (декан) ҳузурида О.ў.ю., ф-тлар Илмый кенгаши ташкил этилади. Шунингдек, Олий аттестация ко-мыесыясы томонидан номзодлик ва д-рлик диссертацияси ёқлаш бўйича Ҳимоя кенгашлари ҳам, асосан, О.ў.ю.да ташкил этилади.

    О.ў.ю.нинг проф.-ўқитувчилари учун қуйидаги лавозимлар белгиланган: кафедра мудири, проф., доцент, катта ўқитувчи, ўқитувчи, ассистент. Булар танлов йўли б-н ҳар 5 й.да бир сайла-нади. Танлов қарорлари О.ў.ю. кенга-шида яширин овоз бериш йўли б-н қабул қилинади. Айрим йирик О.ў.ю.да доцент, катта ўқитувчи, ўқитувчи ла-возимларига сайлаш ваколати ф-т илмий кенгашига берилган.

    О.ў.ю.да ўқув жараёни ЎзР Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тасдиқлаган ўқув режаси ва дастурлар бўйича ташкил этилади.

    О.ў.ю.да дарсларга қатнашиш мажбурий. Ўқув йили якуний баҳолаш б-н тамомланадиган 2 семестрдан иборат. Ўзбекистондаги О.ў.ю.да таълим 2 босқичли бўлиб, камида 4 йиллик бакалаврыат ва камида 2 йиллик магистратурадан иборат. Бакалавриат бос-қичида талаба ўқиган асосий курелардан давлат аттестациясидан ўтади ва ма-

    лакавий битирув иши ёзади. Магистратура босқичида эса магистрлик диссертацияси тайёрлаб, ҳимоя қилади. Шунингдек, мамлакатимизда экстерн (ма-шғулотларга қатнамай, индивидуал тайёргарлик асосида) йўл б-н ўқиш ҳам кўзда тутилган.

    О.ў.ю.нинг бакалавриат босқичини битирганларга мутахассислик, магистратура босқичини тугаллаганларга ихтисослик берилади. О.ў.ю.ни битирувчиларга (кундузги, сиртқилигидан қатьи назар) ихтисоси бўйича бир хил кучга эга ягона намунадаги диплом берилади. Асосий фанларнинг 75% дан ортиғини «аъло» бахрларга ўқиган талабалар имтиёзли дипломга эга бўладилар.

    Қозоқбой Мўлдошев.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.