Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Proliferatsiya

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 402-b. — ziyouz.com

    Proliferatsiya (lot. proles — avlod, nayel va facio — bajaraman) — 1) odam va hayvonlarda yangi hujayralar paydo bölişi va köpayişi natijasida töqimalarning ösib ketişi (q. Giperplaziya, Gipertrofiya); 2) ösimliklarda — ösişdan va rivojlanişdan töxtagan birorta organdan boşqa bir organning rivojlanişi. Mas, barg çiqargan novdadagi guldan yangi gul yoki töpgul rivojlanişi (atirgul, ananas, kulupnay va b.da). Bu jarayon prolifikatsiya deb xam ataladi.

    Q.: Giperplaziya, Gipertrofiya

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ПРОЛИФЕРАЦИЯ (лот. proles — авлод, наел ва facio — бажараман) — 1) одам ва ҳайвонларда янги ҳужайралар пайдо бўлиши ва кўпайиши натижасида тўқималарнинг ўсиб кетиши (қ. Гиперплазия, Гипертрофия); 2) ўсимликларда — ўсишдан ва ривожланишдан тўхтаган бирорта органдан бошқа бир органнинг ривожланиши. Мас, барг чиқарган новдадаги гулдан янги гул ёки тўпгул ривожланиши (атиргул, ананас, кулупнай ва б.да). Бу жараён пролификация деб хам аталади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.