PAÇKAMAR SUV OMBORI - Qaşqadaryoning kam suvli çap irmoği — Ğuzor daryosida barpo etilgan yirik gidrotexnika inşooti. Ğuzor tumani markazidan 15 km yuqorida joylaşgan. Kattaöra va Kiçiköra daryolaridan töldiriladi. Quriliş işlari 1964 y.da boşlanib, 1967 y.da foydalanişga topşirilgan, 1968 y. töliq qurib bitkazilgan. Omborning suv yuzasi uz. 3,9 km, kengligi 1,8 km. Suv yuzasi mayd. 12,8 km2, eng katta (maksimal) çuq. 51m, örtaça çuq. 30 m. Suv ombori daryoning mavsumiy va qisman köp yillik suv rejimini tartibga soladi. Töğonning ustki uz. 593 m, bal. 68 m. Suv omborining öng qirğoğida uz. 198 m va maksimal bal. 12 m bölgan kötarma damba qurilgan. Omborning öng sohilida suv sarfi 30 m3/s bölgan suv çiqargiç qurilgan. Suv çiqargiçning quyi qismiga 2 ta konussimon rostlagiç örnatilgan. Töğonning çap tomo-nida suv sarfi 260 m3/s (favqulodda toşqinlarda suv sarfi 480 m3/s) bölgan suv taşlagiç — Çap sohil kanali oçiq holda qurilgan.
Suv omborining qurilişi Ğuzor tumanining suv ta'minotini yaxşilaşda va uning iktisodiyotida muhim rol öynay-di, ekin maydonlarini 15 ming gektarga oşiriş imkonini berdi. P.s.oda baliqçilik xöjaligi taşkil etilgan. PAŞMAK — şirinlik turi. Örta Osiyoda qadimdan maşhur. P. uçun şa-kar, sirka essensiyasi, oliy nav buğ-doy uni va qöy yoği işlatiladi. Tayyorlaş usuli: qozonga şakar va suv soli-nadi (suv mikdori şakar mikdoriga nisbatan 30—40% kam). Qozon töxtov-siz qaynatiladi. Qaynatiş (sirka essensiyasi qöşilib) namlik 1,5 —1,7% qolguniga qadar davom ettiriladi, söngra qöy yoği qöşiladi. Tayyor qan-dolat massasini unga belab, qöl bilan tola-tola bölgunça çözib işlov beriladi. Tolalar töpga yiğilib, max-sus ölçovda kesiladi.
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 138–139-b. — ziyouz.com