PIGMENTLAR (lot. pigmentum— böyoq) — 1) (biologiyada) orga-nizmlar töqimalari tarkibiga kiradigan böyoq birikmalar. P. rangi ular molekulasi tarkibidagi quyoş spekt-rining közga körinadigan nurlarini (380—750 nm) tanlab yutadigan xromofor guruhi b-n boğliq. P. sitoxromlar, katalaza va b. fermentlar, membrana strukturam tarkibiga kiradi, oqsillar va lipidlar b-n birga kompleks qosil qiladi. Hujayrada P. max-sus tuzilmalar (xloroplastlar, xromoplastlar va b.) içida, ba'zan hujayra şirasida böladi. Köpçilik hayvonlarda maxsus P. hujayralari mavjud. P. fotobiol oçiq jarayonlarida (fotosintez, köriş, fotoregulyatsiya) katta ahamiyatga ega; nafas olişda iştirok etadi (gemoglobin, sitoxromlar, xromogenlar), organizmni ultrabi-nafşa nurlar ta'siridan saqlaydi (ösimliklarda — karotinoidlar va flavonoidlar, hayvonlarda — mela-ninlar), hayvon va ösimliklar rangini belgilaydi. P.dan oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida foydalaniladi. 2) (kimyoda) — suvda, organik eri-tuvçilarda, parda hosil qiluvçi mod-dalarda va b. böyaladigan muhitlarda erimaydigan (böyagiçlardan farqli ölaroq) yuqori dispers kukunsimon böyovçi moddalar. P. materiallarni korroziyadan saklaydigan plyonkalarning xossalarini yaxşilaydi. Organik P. — kimyoviy tuzilişi turliça bölgan sintetik böyoq moddalar. Monova disazopigment mahsulotlari muhim ahamiyatga ega. Bular yaşilsariq rangdan töq qizil ranggaça böladi. Ftalo-sianin P.ning rangi oç zangori, çidamligi b-n boşqa P. dan ajralib turadi. Sariq rangdan yaşil ranggaça bölgan olovbardoş politsiklik P.ning ham ahamiyati katta. Anorganik P. — tarkibida köp miqdorda te-mir oksidlari, sintetik mahsulotlar, oz miqdorda sulfidlar, selenidlar, oksidlar va xromatlar bölgan tabiiy minerallar. Anorganik P. ning rangi böğiq, organik P.ga qaraganda kam tatimli, ziçligi katta, yoruğlik-ka çidamli. P., asosan, lok-böyoq ma-teriallar (mas, emallar, böyoqlar, jumladan, bosmaxona böyoqlari va badiiy böyoklar), şuningdek, plastmassalar, rezinalar, quriliş materiallari, silikat sirlar (faqat anorganik P.), kosmetik preparatlar va b. tayyorlaşda, sun'iy va sintetik tolalarni böyaşda, sun'iy çarm va gazlamalarga bosma rang berişda köplab işlatiladi.
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 204–205-b. — ziyouz.com