PIRENEY TOĞLARI - Yevropaning jan.-ğarbidagi toğ sistemasi. Ispaniya, Fransiya va Andorra hududlarida. Tabiiy şaroitlariga qarab P.t. Ğarbiy, Markaziy va Şarqiy qismlarga bölinadi. Biskay qöltiğidan Örta dengizgaça 450 km ga çözilgan, eni 20—110 km, aksari qismining bal. 2500—3200 m, eng baland joyi 3404 m (Aneto çöqkisi). P.t. orqali Fransiya va Is-paniyaning davlat çegaralari ötgan.
Alp burmalanişi davrida P.t.ning gersin davrida vujudga kelgan negizi ança kötarilgan. Öq zonasi yaxlit bölib, suvayirğiç qismi ham boşdan oxirigaça uzluksiz davom etgan. Dovonlari 1500— 2000 m balandlikda. Şim. yon bağri tik, jan. esa qiya. P.t.ning pleystotsen davrida muzlanişga uçragan eng baland örta qismi, asosan, kristalli va metamorfik jinslardan tuzilgan bölib, alp relyef şakllariga ega. Toğ tepalaridagi muzliklarning umumiy mayd. 40 km2. Foydali qazilmalardan temir va marganets ru-dalari, qönğir kumir, boksit, kobalt, rux, vismut konlari, mineral suvli buloklar bor. Kurort kup. Ikli-mi P.t.ning köp qismida mö'tadil sernam, jan.-şarqida subtropik iqlim. Yanv. ning örtaça t-rasi toğ etaklarida 4—8°, toğ tepalarida —8°dan —10° gaça, iyulniki şu joylarda 18—24° va 5—6°. Yillik yoğin şim. yon bağirlarida 500— 750 mm. P.t.ning köp kismida yoğin yil davomida yoğadi. Yirik daryolari: Ebro, Adur va Garonna. Daryolari yil davomida sersuv, çuqur vodiylar orqali oqadi va gidroenergiya resurelariga boy. Karst relyefli yerlarda yer osti köllari va ayrim qismlari yer ostida oquvçi daryolar uçraydi. Toğ yon bağirlarida keng bargli va igna bargli urmonlar bor. 1800— 2100 m dan yukrrisi subalp va alp ötloklari. Jan. va şarkiy yon bağrida örmon b-n birga makvis va gariga çakalakzorlari ham uçraydi. Tuproği köp joylarda jigar-rang va qönğir örmon tuproklar. Tabiiy landşaft va noyob hayvonlarni saqlaş maqsadida milliy boğ va qöriqxonalar taşkil qilingan. Alpinizm, turizm rivoj topgan, qişki sport öyinlari ötkaziladi.
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 221-b. — ziyouz.com