«PÖLATXON» QÖZĞOLONI - Köqon xonligitsa xon va uning amaldorlari zulmiga va çor Rossiyasining mustamlakaçilik siyosatiga qarşi kötarilgan xalq qözğoloni (1873—76). Rahbari — Ishoq Hasan öğli (1844 — Marğilon — 1876). Ishoq Hasan Qöqondagi Tunqator madrasasida öqigan. Andijondagi masjidda imomlik qilgan, savdo-garlik b-n ham şuğullangan. Toşkentga kelib, Abdulmömin otaliq b-n tanişgaç, şu yerda vaqtinça yaşab qoladi. 1872 y. Şer Dodho boşliq bir guruh qöqonliklar Samarqandda istiqomat qilayotgan Pölatbekni (Olimxonnnng nevarasi) Qöqonga taklif qilib, uni xon qilib kötarişga va'da qilişadi. Lekin, Pölatbek bu taklifni rad etadi. Şundan söng qöqonliklar Toşkentga kelib, Abdulmömin otaliq b-n uç-raşganlar. Ularning iltimosiga köra, Ishoq Hasan «Pölatxon» nomi b-n qözğolonga boşçilik qilişga rozi bölgan va Namanganga kelib qözğolonga rahbarlik qila boşlagan. Uning tomoniga yirik boy va harbiylar, hagto Xudoyorxonntt öğli va b. qarindoşlari ham ötgan. 1875 y. 22 iyulda Xudoyorxon Toşkentga qoçişga majbur böladi. Xon taxtiga «Pölatxon» va Xudoyorxonning katta öğli Nasriddinbeklar asosiy da'vogarlar edi. 1873 y.da qirğizlar «Pölatxon»ni Qöqon xoni deb e'lon qilgan edilar. Ammo, Xudoyorxon Toşkentga qoçgandan keyin Abdurahmon oftobaçi Nasriddinbekni xon deb e'lon qilib taxtga ötqizgan. Şu sababli «Pölatxon» Abdurahmon oftobaçi va Nasriddinxonlarga qarşi kuraşni boşlab yuboradi. Oqibatda, Qöqon xonligida ikki hokimiyatçilik paydo böladi. Buning oldini olib, kuçlarni birlaştiriş maqsadida Abdurahmon oftobaçi 1875 y. 7 avg.da Çor Rossiyasi mustamlakaçilariga qarşi ğazavot e'lon qiladi va xalq ozodlik harakatini boşlab yuboradi. «Pölatxon» bu harakatni qöllab quvvatlaydi, ammo qöşinini jangga olib kirmaydi. 1875 y. 23 avg.da Maxram qal'asi ostonasida ruslar b-n Abdurahmon oftobaçining qöşini örtasida qattiq jang böladi. Qöqonliklar mağlubiyatga uç-raydi. K. P. Kaufman qözğolonçilarni birin-ketin tormor etib, Qöqon, Marğilon va Uş ritrini jangsiz bosib olgan. 1875 y. 22 sent.da Kaufman Marğilon ş.ga Nasriddinxonni taklif qilib, aholi uçun juda oğir bölgan şartnomaga imzo çektiradi. Na-tijada, aholi Nasriddinxonga qarşi qözğolon kötaradi. Nasriddinxon Toşkentga qoçişga majbur böladi. «Pölatxon» rasman Qöqon xoni deb e'lon qilinadi. Abdurahmon oftobaçi ham uni tan oladi . «Pölatxon» b-n yaraşib harbiy kuçlarini birlaştiradi. Rus askarlari b-n bölgan janglarda kuçlar teng bölmagani natijasida «Pölatxon» mağlubiyatga uçraydi. 1876 y. 1 martda Marğilon ş.da dorga osib öldiriladi.
Ad.: Bobobekov H. N., Pölatxon qözğoloni, T., 1996; Qöqon tarixi, T., 1996.
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 464–465-b. — ziyouz.com