QÖTOS, xonaki qötos — hökizlar kenja oilasiga mansub kavş qaytaruvçi hayvon. vatani — Tibet yassi toğlari (yovvoyi holda faqat Tibetda saqlanib qolgan). Yovvoyi Q.larga qaraganda maydaroq (yovvoyi Q.ning böyi 2 m gaça, oğirligi 1 t gaça). Qoramollardan farq qiladigan belgi-xususiyatlarga ega. Buqalari vazni 400—450 kg, sigirlari vazni 200—250 kg. Boşi oğir, peşonasi keng, oyoqlari baquvvat, dumi kalta. Şoxlari yaxşi rivojlangan. Kökragi, qorni va oyoqlari 20—30 sm ga yetadigan quyuq jun tolalari bilan qoplangan. Yoz fasliga yaqin 2—9 kt jun qirqib olinadi, uning 65—70% tivitdan iborat. Tusi qönğir, kök va qora-ola, örkaçsimon yağrini bal. 105—110 sm. 18—24 oyligida jinsiy yetiladi. Böğozlik davri 255—260 kun. Sigirlari yiliga bir marta bolalaydi. Yangi tuğilgan buzoqlari vazni 21—23 kg, 15 oyligida 120—128 kg va 24 oyligida 134—139 kg. Sut mahsuldorligi yiliga örtaça 300—350 kg, yoğdorligi 6— 9%, soğin davri 4—5 oy. Göşt mahsuldorligi past. 2 yoşli novvoslari 60—62 kg toza göşt beradi, söyim çiqimi 42—46%. Baland toğ iqlimi şaroitiga moslaşgan. Yil böyi oçiq yaylovda boqiladi.
Q.lar göşti, suti, juni va iş hayvoni sifatida boqiladi (sovuq iqlim va toğ söqmoqlarida 140 kg gaça yuk boğlamlarini bemalol kötara oladi, RF (Oltoy), Xitoy, tibet, Mongoliya, Qirğiziston va tojikistonning qator xöjaliklarida urçitiladi. Mongoliyada 500 ming, Rossiyada 53 ming, Qirğizistonda 34 ming, Tojikistonda 14 ming boş Q. boqiladi (2004). Ular Tibet va pomir hududlaridagi xöjaliklarda sof holda urçitib köpaytiriladi. Gereford, şortgorn, limuzin, şvits va b. zotli qoramollar bilan du-ragay mahsuldor avlodlar olingan. Qizil kitobga kiritilgan.
Manba: ÖzME, 11-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 448–449-b. — ziyouz.com