QOZOĞISTON PAST TOĞLARI, Sariorqa, Markaziy Qozoğiston past toğlari — Qozoğistonning markaziy va şarqiy qismlarida joylaşgan hamda past toğlar va tizmalari bölgan tekislik-qirli hudud. Şim.da Ğarbiy Sibir, şim,-şarqda Oltoy toğlari, Zaysan botiği. şarqda Tarbağatoy, jan. va jan.-ğarbda Turon tekisligi, Balxaş-Olaköl botiği, Betpakdala çöli, ğarbda Törğay platosi bilan öralgan. Uşbu hudud ilmiy adabiyotlarda «Markaziy Qozoğiston», «Qozoğiston bur-mali ölkasi», «Şarqiy Qozoğiston penepleni», «Sariorqa» nomlari bilan ma'lum. Ğarbdan şarqqa 1500 km ga çözilgan. Eni ğarbida 950 km, şarqiy qismida 350—400 km. Yer yuzasi tekis, faqat 2 toğ: ğarbida Uluğtov (113 m) va şim.da Kökçatov qirlari (Sinyuxa toği, 947 m) bor. Şarqiy qismi balandroq (örtaça 500—1000 m) va relyefi ör-qirli. Q.p.t.ning eng baland joyi — markaziy qismidagi Qar-qarali toglari (1565 m). Şarqida Çingiztov tizmasi (1077 m) joylaşgan. Past toğlar (mutlaq bal. 500—600 m) Q.t.p.ni örab olgan. Q.p.t. paleozoy davrining metamorfik slanets, kvarsit, qumtoş va ohaktoşlaridan tuzilgan. Iqlimi keskin kontinental, yoğin kam, quruq. Qişi sovuq, qor qoplami qalin emas. Yozi issiq, bulut kam. Havo t-rasi amplitudasi katta, yanv. ning örtaça t-rasi —14°, —18°, iyulniki 20—24°. Yillik yoğin 200—300 mm. Eng yirik daryolari: Işim (Irtiş havzasi), Nura, Sarisuv. Daryolari qişda muzlaydi. Köl köp. Q.p.t.ning şim. qismi daşt zonasida bölib, har xil öt, betaga-çalov, markazi quruq daşt zonasida, töq kaştan va kaştan tuproklarda betaga-çalov ösimliklari, jan. va şarqiy qismi çala çöl zonasida bölib, oç kaştan tuproqlarda daşt va çöl ösimliklari ösadi. Muhim tabiiy qazilma boyliklari kömir, temir, marganets, mis, rux, nikel rudalari, boksit, qörğoşin, fosforit, kaliy va oş tuzi konlaridir. Qurğalji qörikxonasi va Barnaul milliy boği taşkil etilgan.
Ad.: Djanaliyeva K . M ., Budnikova T. K. i dr., Fiziçeskaya geografiya Kazaxstana i Sredney Azii, L., 1965; Baratov P., Mamatqulov M., Rafiqov A.. Örta Osiyo tabiiy geografiyasi, T., 2002.
Manba: ÖzME, 11-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 220–221-b. — ziyouz.com