Amir Temur qöşinni an'anaviy tartib — markaz, söl va öng qanot holidan özgaça tartibda tuzişga ahd qiladi va jangovar tartibning yangi usulini qöllaydi, qöşin 7 qölga taqsim etiladi. Markazdagi qölga amalda amir Sulaymonşoh qömondon bölgan. Uning ortidan Muhammad Sulton boş bölgan qöl joylaşgan, bu qöl ketidan Sohibqiron qöl ostida bölgan 20 qöşin (böluk) zaxiradagi qism sifatida borgan. Baronğarga Mironşoh mirzo, qunbul (qanot)ga amir Xoji Sayfuddin barlos, juvonğarga Umar-şayx mirzo, unga qunbul sifatida amir Berdibek, Saribuğo qöllari joylaşgan. Öğruq va zaxira qismlarga qömondonlikni Amir Temur öz zimmasiga olgan. Uning maqomi markaz ortida bölib, kim yordamga muhtoj bölsa öşanga kömak yuborişga tayyor turgan. Keyinçalik ma'lum bölişiça jang taqdirini uşbu harbiy qism hal etgan.
Töxtamişxon qöşinini 5 qölga taqsimlab, ularga Jöji xonadoniga mansub şahzodalar hamda eng oliy dara-jadagi amirlarni qömondon qilib tayinlaydi. Ikki tomon qöşini bir-birini köra oladigan masofaga kelganda Amir Temur duşman köz öngida ötov, çodirlar örnatişni, gilamlar yozişni buyuradi. Bunday namoyişkorona sovuqqonlik duşman ruhiyatiga salbiy ta'sir etib, uni esankiratib qöyişi lozim edi.
Jang kuni erta tongda (18 iyun) Sohibqiron qöşini köz öngida otdan tuşib Allohdan madad tilab ikki rakaat namoz öqigan. Bayroq va tuğlarni kötargan qöşin noğora çalib, suron aytib, ulkan jang kar-naylari sadolari ostida jangni boşlaydilar. Umarşayx qömondonligi ostidagi söl qanot Töxtamiş tomonidan berilgan zarba natijasida muşqul ahvolda qoladi, raqib qöşini söl qanotni yorib ötib orqa tomondan hujum uyuştirişga erişadi. Amir Temur bu paytda qipçoqlarning asosiy qismini ta'qib etmoqda edi, lekin u zaxiradagi qism bilan özining söl qano-tiga yordamga keladi va duşman uloqti-rib taşlanadi. Şundan söng Töxtamiş asosiy zarbani Şayx Temur Sulduz rah-barligidagi qismlarga qaratadi va uning favjini yakson etib örtani yorib çiqadi, lekin qarşisidan Umarşayx mir-zo qöşini çiqib muhorabaga kirişadi. Şu tariqa Hoji Sayfuddin barlos boşçiligidagi qanot qöşinlari ğanimning juvanğariga hujum qilişi boşlanadi, bu hujum duşman juvanğari qarşiligini sindiradi. Töxtamiş Hoji Sayfuddinga qarşi quç taşlaydi, biroq ularga qarşi amir Jahon-şoh qismi taşlanadi. Şayx Temur Sul-duz qatorlarining yorib ötilişi ham töxtatilgan. Ibn Arabşohning yozişiça, Töxtamiş qöşinining bir qismi ikki laşkarboşi örtasida çiqqan nizo tufayli jang maydonidan qoçgan. Q.j. Sohibqiron foydasiga hal bölgan. Töxtamiş qoçgan, uning ketidan amirlar, sarkardalar va qolgan-qutgan qöşini ham ergaşgan. Sohibqiron nihoyat otdan tuşib Allohga hamdu sano aytgan. Amir Temur har ön otlikdan yettitasini duşmanni ta'qib etişga jönatgan. Volga daryosigaça ta'qib etilgan Oltin Urda jang-çilari öldirilgan yoxud asir olingan. Bir oyga yaqin dam olgan Sohib-qiron katta ölja bilan Movarounnahrga qaytgan.
Ad.: Şarafuddin Ali Yazdiy, zafarnoma, T., 1997; Ibn Arabşoh, Amir Temurtarixi, T., 1992; Dadaboyev H., Amir Temurning harbiy mahorati, T., 1996.
Faxriddin Hasanov.