REOLOGIYA (yun. rheos — oqiş, oqim va ... logiya) — moddalar (jismlar) ning oquvçanligi va deformatsiyalanişi b-n boğliq jarayonlarni örganiş b-n şuğullanadigan fan. R. da turli qovuşqoq, plastik materiallarning qaytmas qoldiq deformatsiyasi va oqişi b-n boğliq jarayonlar xamda siljiş (elastiklikning keyingi ta'siri va kuçlaniş relaksatsiyasi) hodisalari köriladi. R. iborasini ilk bor amerikalik olim Yu. Bingam kiritgan va rasman 1929 y.da qabul qilingan. R. muammolari texnikada turli i.ç. jarayonlari texnologiyasini yaratişda, har xil materiallar (metall, polimer, grunt, beton, oziq-ovqat mahsulotlari va b.)ga taallukli loyihalaş va konstruktorlik hisoblaş işlari va b.da kup uçraydi.
R.ning bir neça bölimlari mavjud. Nazariy R. (fenemologik R. yoki makroreologiya) ni tutaş muhitlar mexanika-Sining bir qismi deb karaş mumkin. U gidromexanika va deformatsiyalanuvçi qattiq jismlar mexanikasi orasidagi örinni egallaydi. R. jiyemga ta'sir etuvçi mexanik kuçlanişlar b-n ular hosil qilgan deformatsiyalar orasidagi munosabatlarni va ularning vaqt böyiça özgarişlarini aniqlaydi. Tutaş muhitlar mexanikasidagi materiallarni bir jmneli va tutaş, degan farazlarga binoan nazariy R.da qattiq, suyuq va b. jismlarning deformatsiyalanişi va oqişiga taallukli turli çegaraviy masalalar yeçiladi. Materiallarning reologik holatini ifodalaş uçun mexanik modellar tuzilib, ulardan polimerlarning mexanik xususiyatlarini, qattiq jismlardagi içki işqalanişni va real jismlarning boşka xususiyatlarini örganişda foydalaniladi. Eksperimental R. (reometriya) moddalarning turli reologik xususiyatlarini maxsus asboblar va sinaş maşinalari yordamida urganadi. Mikroreologiya mikrohajmlar (Mas, dispers tizimlardagi dispers fazasi zarraçasi) dagi deformatsiya va oqiş jarayonlarini urganadi.
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 163-b. — ziyouz.com