RESPUBLIKA (lot. respublica, res — iş va publicus — ijtimoiy, umumxalq) — davlat boşqaruvi şakli, unda bar ça davlat hokimiyati organlari saylab qöyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan şakllantiriladi, fuqarolar esa şaxsiy va siyosiy huquqlarga ega böladilar. Tarixan R. antik davrda monarxiyaning ziddi sifatida vujudga kelgan (Mas, Afinadagi quldorlik demokratiyasi). Mil. av. 5—4-a.larda Sparta va mil. av. 2-a.da Rim davlati aristokratlar qismi manfaatlarini ifoda etgan. Örta ayerlarda R. boşqaruv şaklini qöllagan Venetsiya va Genuya singari şahardavlatlar bor edi.
Hoz. vaqtda jahondagi 190 davlatdan 140 dan ortiği R. hisoblanadi. Boşqaruvning R. şakli quyidagi turlarga ajratiladi: 1) prezidentlik R.si (AQŞ, Meksika va b.), bunda prezident umumxalq saylovida saylanib, bir vaqtning özida davlat va ijro etuvçi hokimiyat boşliği hisoblanadi; 2) parlamentar respublika (Italiya, GFR, Vengriya va b.), bunda parlament töliq hokimiyatga ega bölib, uning oldida hukumat siyosiy javobgar hisoblanadi. Parlament prezidentni saylaydi. Bunda prezident faqat davlat boşliği bölib, ijro etuvçi hokimiyat boşliği hisoblanmaydi; 3) aralaş tipdagi respublika (yarim prezidentlik; Fransiya, Portugaliya, Finlyandiya, Yevropadagi totalitar tuzumdan xalos bölgan yangi mamlakatlarning aksariyati), bunda prezidentlik respublikasi b-n parlamentar respublika xususiyatlari qöşilib ketadi. Ya'ni prezident umumxalq saylovlarida saylanib, yuridik va real keng vakolatlarga ega böladi. Biroq hukumat parlament tomonidan taşkil etiladi va u nafakat prezident oldida, balki parlament oldida ham siyosiy javobgar böladi. Bunda prezident hukumatga umumiy rahbarlik qiladi, lekin uni boş vazir boşqaradi. Prezident ma'lum holatlar yuz berganda parlamentni tarqatib yuboriş huquqiga ega.
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 171–172-b. — ziyouz.com