SALOR — Toşkent viloyatidagi kanal. Qibray tumani hududida Bözsuv kanalidan suv oladi. S.k.ning boş qismi Salor GES ning quyi çiqariş özanida joylaşgan. Toşkent ş. xududidan ötadi. Zangiota tumanining jan.dan ötib, Yangiyöl tumanida tugaydi. Umumiy uz. 60 km. Kanalning kengligi 10— 15 m, çuq. 1—2 m. Boş suv oliş inşooti 20 m3/sek suv ötkazişga möljallangan. Kanaldan Dam va Polvon kanallari suv oladi. Toşkent ş.ning bir neçta sanoat korxonalari, jumladan, Toşkent issiqlik elektr markazining suv ta'minoati uçun foydalaniladi. S. qadimda Bözsuvning çap soxilidan, hozirgi Salor GES ning quyiroğidan qazilgan. S.ga Börjar, Qorasuv oqovalari ham kelib qöşilgan. Natijada S.ning suvi birmunça köpayib, undan Kurkuldak va Niyozboşi ariqlari çiqarilgan. S, Kurkuldak va Niyozboşi böylarida mil. av. 1ming yillik örtalari va mil. av. 1asrlarda vujudga kelgan qad. dehqonçilik madaniyati yodgorliklari kup uçraydi. Bu davrda S. va uning şoxobçalari böylarida turli istehkomlar (Qovunçitepa, Kuygantepa, Niyozboştepa va b.) paydo bölgan. 4— 11asrlarda S. böyida Mingörik, Toşkentning qadimiy markazi — Binkat, şuningdek, Danfi ganket, Şuturkent va b. şaharlar vu judga kelgan. 11 — 12-a.larda S. birmunça kengaytirilgan, suvi köpaygan; lekin 13-a.da möğullar hujumidan keyin qarovsiz qolgan. Keyinçalik (19-a.) kanal özani yangidan qazilgan.
Sönggi yillarda kanal özanining aksariyati ta'mirlanib, ayrim kismlari qayta qurilmoqda. Kanalning Toşkent ş.da Puşkin köçasi b-n temir yöl bekati köprigigaça bölgan qismi töliq qayta ta'mirlandi, obodonlaştirildi va istirohat boğlari taşkil etiddi. Kanalning suv ötkaziş qobiliyatini oşiriş (50 m3/s gaça yetkaziş), özanini betonlaş işlari olib borilmoqda. S. suvi b-n Zangiota va Yangiyöl tumanlarida 3,5 ming ga yer suğoriladi.
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 81–82-b. — ziyouz.com