SAMARQAND QUZĞOLONI - mahalliy xukmdorlar va rus podşo hukumatiga qarşi kötarilgan xalq qözğoloni (1868 y. 1—8 iyun). 1868 y. 1 mayda rus podşo qöşinlari Samarqandni egallagaç, general K. P. Kaufman şahar va uning atrofida joylaşgan viloyatlardagi mahalliy amaldorlar öz örinlarida qoldirilganini, xalq bungaça mavjud bölgan soliqlarni podşo Rossiyasi xazinasiga topşirmogi lozim ekanligini e'lon qilgan. Öşa yilgi soliklar töla undirilganiga qaramay, podşo hukumati aholiga qayta soliq solişni talab qilgan. Samarqand viloyatida general N.N. Golovaçyov boşliq harbiybyurokratik hokimiyat taşkil qilinib, mehnatkaş aholi mahalliy amaldorlar va podşo ma'muriyati tomonidan ezilişi S.q.ga sabab bölgan. 1 iyun kuni amir Muzaffarning tönğiç öğli Abdulmalik töra boşçiligidagi qöşinlar Şaxrisabzdan Samarqandga yöl olişgan. Ularning yetib kelişi b-n ruslarga qarşi qözğolon boşlangan. Qözğolonda xitoyqipçokdar, naymanlar, tuyoklilar, urgutliklar, panjakentliklar, qoraqalpokdar va şaharliklar qatnaşgan. Qözgolonçilar dastlab Çöponota tepaligida yiğilganlar. 2 iyun kuni qal'aga xujum boşlangan. Öşa davrda Samarqand qal'asining ikkita darvozasi bölgan. Asosiy janglar jan.da Ruhobod maqbarasi tarafida joylaşgan Buxoro darvozasi atrofida bölgan. Ba'zi mulumotlarga qaraganda janglarda vatanparvarlardan 6 mingdan ziyod odam qatnaşgan.
Qözğolonga dastlab Şahrisabz va Kitob beklari Jörabek va Bobobeklar, keyinçalik Abdulmalik tura rahbarlik qilişgan. Qözğolonçilar rus askarlari joylaşgan qal'aga qattiq hujumlar uyuştirişgan. Butun şahar aholisi qözğalgan. Biroq amir qöşinlari Zirabuloq jangida ruslar tomonidan tormor keltirilganini eşitgandan söng va 4 iyun kuni ruslar Şahrisabzga yuriş boşlaganligi töğrisida yolğon mişmişga işongan Kitob va Şaqrisabz beklari Samarqanddan çiqib ketişgan. Keyinçalik qözğolonni Ibod Salimboyev, Töxtaxöja Na'lgar, Zokirboy Razzoqboyev, Abduşarof Abdulfatovlar boşqarişgan. Kuçlarning zaiflaşişiga qaramay samarqandliklar qözğolonni töxtatmay 7 iyungaça davom ettirişgan, lekin qözğolonçilar uyuştirgan hujumlar ança susaygan. 2 kun mobaynida podşo qöşinining 150 kişisi safdan çiqqan. 8 iyun kuni podşo qöşiniga yordamga ilğor qismlar yetib kelgandan keyin qattiq jang bölib, Samarqand ruslar tomonidan işğol qilingan.
Töliq öqiş — yana 4 xatboşi
1868 y. 8 iyunda Kaufman buyruği b-n Samarqand birvarakayiga töpga tutiladi. Şaharni batamom yoqib yuboriş haqida buyruq olgan askarlar qirğin boşlaydilar. 9 iyunda minglab kişining yostiğini quritgan Samarqand fojiasi boşlanadi. Qatli om 3 kun davom etadi. Yuzlab odamlar heç qanday tergovsiz, söroqsiz otib taşlandilar. 19 kişi, jumladan, qözğolon faollari Sibirga surgun qilingan. Umuman olganda S.q. tarixda muhim örin tutadi. S. Ayniynpnt fikriça, Abdulmalik töraning harakati va qözğolonçilarning jasorati tufayli Kaufman Buxoroga hujum qilişdan voz keçişga va sulh tuzişga majbur bölgan.
Manba: Mirza Abdulazim Sami, Tarixi salatini mangitiyya, M., 1962.
Ad.: Özbekistonning yangi tarixi, 1 kitob [Turkiston çor Rossiyasi mustamlakaçiligi davrida], T., 2000.
Azim Malikov.
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 124–125-b. — ziyouz.com