S.ning turar joy, kommunal bölimi aholi punktlarini rejalaştiriş, quriş, kökalamzorlaştiriş, suv ta'minoti, çiqindilardan tozalaş va kanalizatsiya, turar joy va umumiy foydalaniş obyektlari (hammomlar, umumiy yaşaş joylari, sartaroşxonalar va dam olişsoğlomlaştiriş maskanlari) ni nazorat qiliş, atmosfera havosini muhofaza etiş, transport va i.ç. şovqinlariga qarşi kuraşiş masalalarini öz içiga oladi.
S.ning oziq-ovqat bölimi oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlaş va qayta işlaş korxonalari hamda tegişli savdo taşkilotlari, şuningdek, uşbu obyektlardagi xodimlar salomatligi ustidan nazorat örnatadi. Ratsional ovqatlaniş usullarini amaliyotga kiritadi. Oziqovqat toksikoinfeksiyasi va intoksikatsiyasidan ogohlantiradi.
S.ning radiatsion gigiyena bölimi radiatsiya xavfeizligini nazorat qilişni ta'minlaş masalalarini örganadi va tadbirlar işlab çiqadi.
S.ning maktab gigiyenasi bölimi bolalar muassasalarida: maktablar, bolalar yasliboğçalari, litseylar, kollejlar, sanatoriy va dam oliş maskanlarida muntazam ravişda S. nazoratini örnatiş hamda S.epidemiologiya tadbirlari samaradorligini aniklaş vazifalarini bajaradi.
Özbekistonda S. tadbirlarini Özbekiston soğliqni saqlaş vazirligi davlat sanitariyaepidemiologiya nazorati departamenti, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va şaharlarning şu sohaga ixtisoslaşgan markazlari amalga oşiradi. S. tadbirlarini ötkaziş va ularni nazorat qiliş barça tibbiyot xodimlarining, jumladan, S. vraçlarining majburiyati hisoblanadi.
Özbekiston Respublikasining S. qonunlari umumiy va yuqumli kasalliklarni kamaytiriş va yöqotiş, turar joy punktlarini rejalaştiriş S. talabmeyorlarini bajariş, suv havzalari, tuproq va atmosfera havosini muhofaza qilişga qaratilgan keng miqyosdagi rejali soğlomlaştiriş, epidemiyaga qarşi sanitariya tadbirlarini nazarda tutadi va belgilaydi, şuningdek, S. qonunlari muassasalar, qurilişlar, oziq-ovqat obyektlari, bolalar muassasalarida soğlomlaştiriş tadbirlarini ötkazişni va oziq-ovqat mahsulotlari, xalq xöjaligi ehtiyoj mollarini işlab çiqiş, saqlaş, taşiş, şuningdek, çegaralarning sanitariya muhofazasini belgilab beradi.