SEMENT (lot. caementum — şağal, çaqiq toş) — sun'iy noorganik kukunsimon boğlovçi mineral. Suv qöşilsa, xamirsimon massa hosil böladi, vaqt ötişi b-n qotib, toşsimon jismga aylanadi. S. havoda ham, suvda ham qotiş xususiyatiga ega. S. qurilişda juda keng qöllaniladigan betonning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. S.ning romansement, portlandsement, glinozyomsement, kengayuvçan, gidravlik qöşimçali kabiturlari mavjud. Romansement ohaktoşni 900° gaça kuydiriş yöli b-n olinadi, keyin maydalab kukun holiga keltiriladi. Xom aşyoning xiliga qarab, romansementning qotiş muddati 15 minutdan 24 soatgaça bölişi mumkin. Uning mustahkamligi ança past bölib, 25 dan 100 gaça markali böladi. Şuning uçun ham uning örnini 20-a. örtalaridan boşlab portlandsement egallay boşladi. Glinozyomsement glinozyom (alyuminiy oksidi)ga boy bölgan toğ jinslari — boksit (alyuminiy rudasi), ohak yoki ohaktoş aralaşmasini kuydiriş yöli b-n olinadi. Kimyoviy tarkibi 40% SaO; 40% A12O3; 6— 8% SiO2 dan iborat. Tez qotişi, mustahkamligining yuqoriligi va mine-rallaşgan suvlarga turğunligi b-n ajralib turadi. Markasi 300; 400; 500. Narxi portlandsementga nisbatan 2,5—3 baravar baland. Glinozyomsement katta mustahkamlik talab etiladigan beton va temir-beton konstruksiyalarda, dengiz va minerallaşgan suvlar ta'sirida böladigan inşootlarda, tezkor yöl va quriliş işlarida, qiş şaroitida betonlaşda qöllaniladi. Kengayuvçan S.ning tarkibida glinozyom sementdan taşqari ohak va gips ham böladi; tez qotadi; öta mustahkam va suv ötkazmas material hisoblanadi. Kengayuvçan S. gidroizolyatsiya işlarida, çoklarni yopiş va ta'mirlaş işlarida qöllaniladi. Gidravlik qöşimçali portlandsement (ba'zan «putssolan portlandsement» deb ham yuritiladi) S. klinkeri (toşqoli) va nordon gidravlik qöşimçalar (trepel, diatomit, trass, pemza va b.)ni birgalikda maydalaş (kukunlaş) yöli b-n tayyorlanadi. Gidravlik qöşimçalar aralaşma miqdorining 20—40% ini taşkil etişi mumkin. Bu S. portlandsementga nisbatan arzonroq bölib, gidrotexnika, vodoprovod va kanalizatsiya inşootlarida qöllanadi. Agressiv suvlar ta'siriga çidamli. S. sanoatda 19-a. dan boşlab işlab çiqariladi (q. Sement sanoati).
Ad.: Texnologiya vyajuşix veşestv, M., 1965; Qosimov E.Q., Quriliş aşyolari, T., 2003.
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 8-b. — ziyouz.com