SENAT (lot. senatus — keksa) — 1) Qad. Rim Respublikasi davrida oliy hokimiyat organi; 2) Rossiyada 1711 — 1917 y.larda hokimlik qiluvçi S. — qonun çiqaruvçi va davlatni boşqaruvçi oliy davlat organi. 19-a.ning 1-yarmidan oliy sud organi; 1864 y.dan esa oliy kassatsiya instansiyasi. Boş prokuror tomonidan boşkarib turilgan (uning özi 1802 y.dan adliya vaziri). Senatorlarni imperator tayinlagan; 3) bir kança davlatlarda (Italiya, Fransiya, AQŞ, şuningdek, Özbekistonda ham) parlament yuqori palatasining nomi. Odatda, quyi palataga nisbatan boşqaça tartibda saylanadi. Federatsiyalarda (mas, AQŞda) har qaysi ştatdan 2 tadan senator saylanadi; odatda, senatorlarning 1/3 qismi har 2—3 yilda almaştirib turiladi. Ba'zi hollarda S. muayyan sud vakolatlariga ega böladi.
Özbekiston Respublikasida S. a'zolari (senatorlar) Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, viloyatlar, tumanlar va şaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegişli qöşma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yaşirin ovoz beriş yöli b-n Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent ş.dan teng mikdorda — 6 kişidan saylanadi. S.ning 16 nafar a'zosi fan, san'at, adabiyot, i.ç. sohasida, davlat va jamiyat faoliyatining boşqa tarmoqdarida katta amaliy tajribaga ega bölgan hamda alohida xizmat körsatgan eng obröli fuqarolar orasidan Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi S.ining (jami 100 senator) vakolat muddati 5 y. Uning faoliyati Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati taşkil etilişining asosiy prinsiplari töğrisida»gi (2002 y. 4 apr.), «Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati töğrisida»gi (2002 y., 12 dek.) konstitutsiyaviy qonunlarga, şuningdek, «Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti töğrisida»gi (2003 y. 29 avg.) konunga muvofiq taşkil etiladi.
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 295-b. — ziyouz.com