ŞEVA (fors. — harakat tarzi, tarz, usul) — tilning fonetik, grammatik va luğaviy jihatdan öziga xos xususiyatlarga ega bölgan eng kiçik hududiy körinişi — sezilarli lisoniy tafovutlari bölmagan bir yoki bir neça aholi maskani (odatda, qişloq)da yaşovçilarning sözlaşuv vositasi sifatida qöllanadi. Ş. — bu boşqa Ş. tizimlaridan fonetik, grammatik, söz yasalişi va luğaviy belgilariga köra farqlanuvçi lisoniy tizim sifatida mavjud böladi. Mas, qipçoq lahjasining manğit yoki saroy şevasi, qarluq lahjasiga mansub marğilon şevasi va boşqalar özbek tilining eng kiçik hududiy körinişlari hisoblanadi. Alohida Ş. lar birikib, lahjasi taşkil etadi.
Ş.lar tizimining murakkablik darajasi, asosan, ekstralingvistik omillar: Ş. ning alohidalaniş (ajralib qoliş) darajasi, muayyan Ş. vakillarining boşqa Ş.lar va tillarning vakillari bilan aloqa qiliş darajasi, adabiy tilning Ş.ga ta'siri va şahrik.ga boğliq. Alohida ajralib qolgan Ş.larda uning vakillari bilan atrofdagi aholi örtasida aloqalarning yöqligi (geografik yoki siyosiy sabablar, atrofdagi aholining til, madaniyat, diniy e'tiqod jihatdan ayni Ş. vakillaridan keskin farklanişi tufayli), şeva vakillarining an'anaviy turmuş tarzini saqlab qolişga astoydil intilişi oqibatida Ş. juda sekinlik bilan özgaradi, katta va kiçik yoşdagilarning tilidagi farq sezilarsiz darajada böladi. Adabiy tilning yoki boşqa Ş.ning kuçli ta'siri ostida bölgan Ş.da aholining turli guruhlari nutqiga xos bölgan, bir-biriga qarama-qarşi qöyilgan va turli darajada farqlanadigan an'anaviy (qad.) va yangi qatlamlar ajralib turadi.
Töliq öqiş — yana 3 xatboşi
Milliy til tuşunçasining hajmi va qöllaniş doirasi keng bölib, lahja va Ş.larni ham qamrab oladi. Ş.lar adabiy til tuşunçasiga kirmaydi, biroq ular tilning quyi şakli va tarmoqlari hisoblanib, adabiy tilni boyitiş uçun xizmat kiladi. Adabiy til meyorlarining takomillaşuvi, fan va madaniyat taraqqiyoti, şahar bilan qişloq örtasidagi tafovutlarning kamayib borişi kabi ekstralingvistik omillar tufayli Ş.lar ham asta-sekin öz hususiyatlarini yöqota boradi.
Ş.lar tilşunoslikning dialektologiya bölimida örganiladi. Özbek Ş.larini örganişga Ğozi Olim Yunusov, Ye.D. Polivanov, A.K. Borovkov, V.V. Reşetov, F. Abdullayev, Ş.Şoabdurahmonov, A. Işayev, S. Otamirzayeva, O. Madrahimov va boşqalar katta hissa qöşdilar. Ad.: Reşetov V.V., Ş oabdurahmonov Ş., Özbek dialektologiyasi, T., 1978.
Abduvahob Madvaliyev.
Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 101–102-b. — ziyouz.com