SIKLON (yun. kyklon — aylanuvçi) — atmosferaning past bosimli oblasti. Asosan, ikki xil havo massasi çegarasida (havo frontida) yuzaga kelib, S. markazida havo bosimi eng past, çekkalarida yuqori böladi. Şamol atrofdan S. markazi tomon esadi. Yerning öz öqi atrofida aylanişi ta'sirida şamollar Şim. yarim şarda soat strelkami harakati yönalişiga teskari, Jan. yarim şarda soat strelkasi yönalişida harakatlanadi. S. markazida bosim 950—960 mbar, ba'zida 920—930 mbar böladi. Past bosimli oblastni örab turgan izobaralar diametri bir neça yuz km dan 2—3 ming km. gaça yetadi. Ana şu maydonda havo aylanma harakat qiladi. Kuçli şamollar esib, tezligi 20 m/sek. va hatto 30 m/sek.dan xam oşadi. Havo S. markaziy qismidan yuqoriga harakat qilgani uçun unda kupinça havo bulutli böladi. Havo uyurma harakat qilganidan S.ga Yerning turli kengliklaridan har xil havo massalari oqib keladi. Şuning uçun ham havo t-rasi turli qismlarida turliça böladi. Şim. yarim şarda S.larning old tomonida şamollar jan., jan.-ğarbdan esgani uçun havo iliq böladi, atmosfera bosimi pasayadi, havoda budut köpayib, yoğin yoğadi. S. markazi ötgandan keyin şim. va şim.- ğarbdan sovuq şamol keladi. Qişda yomğir qorga aylanib, antitsiklon boşlanadi. Tropiklardan boşqa joylarda yoğinning asosiy qismi aynan S.da yoğadi. Şakllanişining dastlabki boskiçida S. troposferaning quyi qisminigina öz içiga oladi. Yetilgan S. butun troposferani qamrab olişi va hatto stratosferaning quyi qismiga tarqalişi mumkin. S.lar mö'tadil mintaqalarda, asosan, ğarbdan şarqqa harakatlanadi. S.ning örtaça tezligi 30—45 km/soat, ba'zida a 100 km/soatga yetadi. S. ötgan hududda atmosfera bosimi va şamol b-n birga havo t-rasi, namligi, bulut va yoğin miqdori ham özgaradi. Tropik kengliklarda vujudga keladigan tropik siklonlar diametri kiçikroq (100—300 km), markazida bosim 950 mbar, ba'zan 900 mbardan ham past böladi. Şu sababli bunday Slarda bosim farqi juda katta bölganidan kuçli şamollar — dovullar esadi (q. Töfon). Şamolning nihoyatda tez esişi va köp yoğin yoğişi oqibatida dengizlarda kuçli tölqinlar kötariladi, quruklikda katta vayronagarçiliklarga sabab böladi. Özbekistonga Atlanmka okeanidan keladigan S.lar qişda iliq, yomğirli, qorli ob-havo keltiradi.
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 18-b. — ziyouz.com