SIMFONIYA (yun. symfonia — ohangdoşlik) — simfonik musiqaning yetakçi janri, kompozitorlik yunalişidagi çolğu musiqaning oliy şakli. Simfonik orkestr ijrosiga muljallangan; ba'zi Slarda xor va yakkaxon xonandalar ham jalb etiladi. Bundan taşqari, torli orkestr, puflama sozlar orkestri va b. orkestrlarga muljallangan Slar ham uçraydi. S.ning mumtoz şakli umumiy ğoya va yaxlit dramaturgiyaga asoslangan 4 qismli turkumni taşkil etadi: 1-qismi — mavzularning qaramaqarşiligi hamda jadal rivoji b-n boğliq buladi; 2-qismi — lirik çekiniş vazifasini bajaradi; 3-qismi — menuet yoki skerso xarakterida yoziladi; 4-qismi — köpinça tantanavor, jöşqin xotimadir.
«S». atamasi Yevropa mamlakatlarida turli ma'nolarda qöllanilgan. Y. Gaydn, V. Motsart va, ayniqsa, L. Betxovenlar Sning klassik namunalarini yaratdi. 19-a. kompozitorlaridan F. Şubert, G. Berlioz, I. Brams, A. Dvorjak, S. Frank, A. Brukner, G. Maler, A. Borodin, P. Çaykovskiy, A. Skryabin va b. S. rivojiga muhim hissa qöşgan, janrning mavzu va mazmunini boyitgan. 20-a. komlozitorlari ijodida S. yangi bosqiçga kötarildi. N. Myaskovskiy, D. Miyo, S. Prokofyev, Ya. Sibelius, P. Xindemit, D. Şostakoviç, I. Stravinskiy, B. Martinu, A, Onegger, A. Şnitkelar S. ustalari sifatida tanilgan.
Töliq öqiş — yana 2 xatboşi
Özbekistonda 1930y.lardan simfonik musikaning jadal rivojlanişi Sning paydo bulişiga zamin buldi (G. Muşelning 1S.si, 1938). Keyingi y.larda yirik mavzular, falsafiy goyalarni mujassamlantiruvçi janr sifatida S.ga qiziqiş kuçaydi (Muşelning 2 va 3 S.lari, M. Şteynbergning 5 S—rapsodiyasi, M. Aşrafiyning 1va 2S.lari va b.). 1960y.larning 2-yarmida Özbekistonda dasturli S. ravnaq gopib, B. Zeydman, R. Hamroyev, B. Giyenko va boşqalar S.lar ijod qilişdi. 19702000y.larda R. Vildanov (4 ta), Sayfi Jalil (2 ta), T. Qurbonov (10 ta), M. Tojiyev (19 ta), Ik. Akbarov (3 ta), M. Mahmudov (3 ta), N. Ğiyosov (12 ta) va b. kompozitorlar S. yaratganlar.
S.ga yaqin uslubda yaratilib, undan hajman kiçikligi, mazmuni va bayoni soddaligi b-n farq qiluvçi asar simfoniyetta deb ataladi.
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 375-b. — ziyouz.com