SINONIMLAR (yun. synonymos — bir nomli) — bir umumiy ma'noga ega bölgan (denotativ ma'nosi bir xil), qöşimça (konnotativ) ma'nosi (ekspressiv, uslubiy va b. munosabat kabilarni ifodalovçi xususiyatlari) b-n özaro farqlanadigan til birliklari — söz, ibora, sintaktik birlik va b. Mas, boşqatdan, qayta, qaytadan, yangidan, yana, takror sözlari sinonim sözlar hisoblanadi.
Til birliklari bir xil ma'noga ega böliş hodisasi sinonimiya deyiladi. Bu hodisa qanday til birliklariga xosligiga qarab, lugaviy (leksik) sinonimiya, frazeologik sinonimiya, sintaktik sinonimiya kabilarga bölinadi. Özaro sinonim bulgan suzlar guruhi S.l ar qatorç deyiladi. S.l ar qatori 2va undan ortiq suzdan taşkil topadi. Mas, buloq — çaşma S. qatori 2 suzdan, yuz—aft— başara — bet... S. qatori esa kup suzlardan tuzilgan. Kup ma'noli suzlar muayyan ma'nosi yoki ma'nolari b-n bir yoki birdan ortiq S. qatoriga kirişi mumkin. Mas, bitirmoq sözi bir ma'nosi b-n tugatmoq, tugallamoq, tamomlamoq... sözlari qatoriga, boşqa ma'nosi b-n ado qilmoq, yöqotmoq, yöq qilmoq suzlari qatoriga kiradi.
Töliq öqiş — yana 2 xatboşi
S.lar qatoridagi bir suz boş suz (asosiy suz) hisoblanadi. Boş söz, odatda, hoz. adabiy tilga mansubligi, emotsional böyoq, uslubga köra betarafligi va ş. k. xususiyatlari b-n şu qatordagi boşqa sözlardan farklanadi hamda xuddi şu xususiyatlariga köra tilda boşqalariga nisbatan keng quotlanadi. Mas, çiroyli, gözal, husnli, husndor, xuşröy, köhli, zebo, suluv, sohibjamol... S. qatorida çiroyli sözi şunday belgilarga ega va boş söz hisoblakadi. Qolgan sözlar esa har biri öziga xos belgixususiyati b-n boşqalaridan farklanadi: gözal sözi belgini kuçli (yuqori) daraja b-n ifodalaydi; barno, zebo sözlari köproq kitobiy uslubga ega, suluv sözi esa nisbatan kam köllanadi va h.k. Nutqda sinonimlarning har biridan ularga xos belgixususiyatlarni hisobga olgan holda foydalaniş muhim ahamiyatga ega.
Azim Hojiyev.
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 387–388-b. — ziyouz.com